Hodisalar

Yashirin tsexda 17 tonnadan ortiq neft mahsulotlari saqlanayotgani aniqlandi

© Sputnik / Vladimir FedorenkoMujchina derjit naruchniki
Mujchina derjit naruchniki - Sputnik Oʻzbekiston
Yashirin tsexda mavjud boʻlgan 16 turdagi, jami umumiy qiymati 35 mln. 893 ming soʻmlik tovar-moddiy boyliklar ashyoviy dalil sifatida vaqtincha olib qoʻyildi.

TOSHKENT, 21 fev - Sputnik. Xorazm viloyati Xonqa tumanining “Olaja” qishlogʻi “Oydin Hayot” mahallasidagi yashirin tsexda 17 tonnadan ortiq neft mahsulotlari saqlanayotgani aniqlandi. Bu haqda Oʻzbekiston Soliq qoʻmitasi matbuot xizmati xabar qildi.

Naftalanskaya neft - Sputnik Oʻzbekiston
Hodisalar
Andijondagi uylardan birida yashirin “neft zavodi” topildi

Ushbu maxfiy tsex xolislar ishtirokida koʻzdan kechirilganida, «Yangi turmush» mahallasida yashovchi H.B. bu yerda bitum mahsulotini ishlab chiqarayotgani, biroq tsexga tegishli hech qanday hujjatlar yoʻqligini maʼlum qildi.

Qayd etilishicha, nonuniy tartibda dalolatnoma tuzilib, xolislar ishtirokida yashirin tsexda mavjud boʻlgan 16 turdagi, jami umumiy qiymati 35 mln. 893 ming soʻmlik tovar-moddiy boyliklar ashyoviy dalil sifatida vaqtincha olib qoʻyildi.

Xabarda ushbu holat yuzasidan toʻplangan hujjatlar tegishliligi boʻyicha Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti Xonqa tumani boʻlimiga yuborilgani maʼlum qilingan.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala