Hodisalar

Qibray elektr stantsiyasidagi yongʻin Toshkentning bir qismini suvsiz qoldirdi

© Press-slujba xokimiyata TashkentaNa territorii elektrostantsii v Kibrayskom rayone Tashkentskoy oblasti proizoshel pojar
Na territorii elektrostantsii v Kibrayskom rayone Tashkentskoy oblasti proizoshel pojar - Sputnik Oʻzbekiston
Qayd etilishicha, elektr stantsiyasida sodir boʻlgan yongʻin sababli suv uzatish qurilmalari ishi toʻxtagan.

TOSHKENT, 22 fev – Sputnik. Joriy yilning 22 fevral kuni Qibray tumanida joylashgan viloyat elektr tarmoqlariga qarashli elektr stantsiyasida yongʻin sodir boʻlgan.

Bu haqda Toshkent shahar hokimligi matbuot xizmati xabar qilmoqda.

Qayd etilishicha, elektr stantsiyasida sodir boʻlgan yongʻin sababli suv uzatish qurilmalari (nasos) ishi toʻxtagan. Shu bois, hozirda Toshkent shahrining tumanlarida suv bosimining pasayishi va ayrim tumanlarda uzilishlar sodir boʻlishi mumkin.

"Hozirda yongʻin bartaraf etilib, taʼmirlash ishlari olib borilmoqda. Yuzaga kelgan noqulayliklar uchun shahar maʼmuriyati uzr soʻraydi", - deyiladi xabarda.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala