Hodisalar

Oʻzbekistonda ikkita sher bolasini 6 ming $ga pullamoqchi boʻlishdi

© Sputnik / Pavel Lisitsыn / Fotobankka oʻtishV Yekaterinburgskom zooparke rodilis pyatero afrikanskix lvyat
V Yekaterinburgskom zooparke rodilis pyatero afrikanskix lvyat - Sputnik Oʻzbekiston
Jinoyatchilar ekzotik hayvonlar savdosidan olti ming dollar ishlamoqchi boʻlishgan

TOSHKENT, 23 fev – Sputnik. Toshkentning Shayhontohur tumanida ikkita sher bolasini sotishga harakat qilgan toʻrt nafar kontrabandachilar qoʻlga olindi. Bu haqda oʻzbek OAVlari Davlat bojxona qoʻmitasiga tayangan holda xabar bermoqda.

Yirtqich jonivorlar Spark va Lacetti mashinalari bagajlarida boʻlgan.

Kontrabanda va bojxona qonunchiligini buzilishiga qarshi kurash boshqarmasi maʼlumotiga koʻra, firibgarlar pulni olayotgan vaqtda qoʻlga olingan. Erkaklar yovvoyi hayvonlar savdosidan olti ming dollar ishlamoqchi boʻlganlar.

Ayni vaqtda huquq-tartibot organlari tekshiruv ishlarini oʻtkazishmoqda.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala