TOShKENT, 26 fev – Sputnik. Bundan buyon O‘zbekistonda elektr to‘lovini kechiktirgan fuqarolar qarzdorlikning har bir kuni uchun 0,1 % jarima to‘laydi, deb xabar qilmoqda “O‘zbekenergo”.
Yangi tartib tartib 2019-yilning 1-yanvaridan boshlab belgilangan. Jarimaning eng katta miqdori qarzdorlikning 50% idan ortiqcha bo‘lmasligi kerak.
Qarzdorlik uchun jarimalarning yangi miqdori 2019-yilning 1-yanvaridan so‘ng olingan ko‘rsatmalariga asosan belgilanishi mumkin. Oldindan to‘lov amalga oshirilgan taqdirda, qarzdorlik keyingi oyning 11 sanasidan boshlab hisoblanadi.