Turizm

"Maftun boʻldim": koreyalik jurnalist Oʻzbekiston haqida kitob yozdi

© Sputnik / Utarbekov / Mediabankka oʻtishKompleks staroy kreposti Kunya Ark
Kompleks staroy kreposti Kunya Ark - Sputnik Oʻzbekiston
Obuna boʻlish
NovostiTelegram
Kitob muallifi Chve Xi Yong Koreyaning Oʻzbekiston haqidagi "UzKor Economy" jurnali jurnalistidir

TOSHKENT, 26 fev - Sputnik. Koreyada Oʻzbekistonga sayohat qilish haqidagi 464-sahifali qalin kitob chop etildi. Kitob Oʻzbekistonga maftun boʻldim deb nomlanadi, deb xabar qilmoqda Sputnik Oʻzbekiston muxbiri.

Ansambl Poi-Kalon. Gorod Buxara - Sputnik Oʻzbekiston
Turizm
Oʻzbekistonga kelganda, albatta boriladigan 10ta joy

Kitob muallifi Chve Xi Yong Koreyaning Oʻzbekiston haqidagi "UzKor Economy" jurnali jurnalistidir.

U 2018 yil davomida Oʻzbekistonga 6 marotaba sayohat qildi va Koreya kitobxon ommasiga Oʻzbekistonni keng yoritish maqsadida ushbu kitobni yozgan.

Kitobning prolog qismida Oʻzbekistonda 2018 yilning fevral oyida joriy qilingan vizasiz tashrif tizimi turizm sohasida yuz bergan eng soʻnggi yangilik va oʻzgarishlar keltirilgan.

Birinchi bob Toshkent, Xiva, Buxoro, Samarqand, Jizzax, Shahrisabz, Fargʻona, Termiz kabi Oʻzbekistonning asosiy tarixiy turistik shaharlaridagi eʼtiborga sazovor joylar bilan tanishishga bagʻishlangan.

Ikkinchi qismida prezident Shavkat Mirziyoyevning Janubiy Koreyaga boʻlgan rasmiy tashrifidan keyingi ikki mamlakat doiralarining sayohatlari haqida batafsil hikoya qilinadi.

© Foto : UzKor EconomyV Koreye opublikovan bolshoy putevoditel po Uzbekistanu
Maftun boʻldim: koreyalik jurnalist Oʻzbekiston haqida kitob yozdi - Sputnik Oʻzbekiston
V Koreye opublikovan bolshoy putevoditel po Uzbekistanu
Yangiliklar lentasi
0