Oʻzbekiston harbiylari MDH davlatlari askarlari bilan bellashadi

© Ministerstvo oboronы UzbekistanaNachalo sovmestnыx uzbeksko-tadjikskix voyennыx ucheniy v Sogdiyskoy oblasti
Nachalo sovmestnыx uzbeksko-tadjikskix voyennыx ucheniy v Sogdiyskoy oblasti - Sputnik Oʻzbekiston
Joriy yilning iyun-iyul oylarida Qozogʻistonda MDHga aʼzo mamlakatlarning oliy harbiy taʼlim muassasalari kursantlari oʻrtasida birinchi marotaba Harbiy-sport oʻyinlarining oʻtkaziladi

TOSHKENT, 28 fev - Sputnik. Belarus poytaxti Minsk shahrida MDHga aʼzo davlatlarning Mudofaa vazirlari kengashi qoshidagi Sport qoʻmitaning navbatdagi yigʻilishi boʻlib oʻtdi. Unda Oʻzbekiston tomonidan Qurolli Kuchlar Bosh shtabi jismoniy tayyorgarlik va sport boʻlimi boshligʻi podpolkovnik Aziz Haydarov hamda Mudofaa vazirligi Sport klubi boshligʻi podpolkovnik Mansur Mamadaminov ishtirok etdi.

Voyennoslujaщiye provodyat razminirovaniye territorii  - Sputnik Oʻzbekiston
Oʻzbekistonda birinchi marotaba Xalqaro armiya oʻyinlari oʻkaziladi

Mazkur yigʻilishda MDHga aʼzo davlatlar Rahbarlari kengashi tomonidan 2018 yil 28 sentyabrda imzolangan "1941—1945 yillarda Ulugʻ Vatan urushidagi Gʻalabaning 75 yilligini nishonlashga tayyorgarlik koʻrish toʻgʻrisida"gi qarorida belgilangan masalalar ijrosiga qaratildi. Joriy yilning iyun-iyul oylarida Qozogʻistonda MDHga aʼzo mamlakatlarning oliy harbiy taʼlim muassasalari kursantlari oʻrtasida birinchi marotaba Harbiy-sport oʻyinlarining oʻtkazilishi muhokama qilindi.

Yigʻilish davomida 2020 yilda MDHga aʼzo davlatlar doʻstona armiyalari oʻrtasida III Harbiy-sport oʻyinlarini tashkil etish koʻrib chiqildi.

25 may – 3 iyun kunlari  oʻtkazilishi rejalashtirilayotgan oʻyinlar 6 ta yoʻnalish boʻyicha oʻtkaziladi. Shuningdek, Qoʻmita ishida 2019 yilda Qirgʻiziston hududidagi Lenin choʻqqisi hamda 2020 yilda Tojikistonning Kommunizm choʻqqisiga guruh tarkibida harbiy-sportchilarning chiqishi boʻyicha musobaqalarni birinchi marta oʻtkazishga kelishib olindi.

Maʼlumot oʻrnida, Lenin choʻqqisining balandligi 7134 metr boʻlib, kattaligi boʻyicha MDHda uchinchi oʻrinni egallaydi. Kommunizm choʻqqisining balandligi esa 7495 metrni tashkil etib, dunyoning eng baland choʻqqilar reytingida 50-oʻrinni egallaydi.

Yigʻilish davomida shuningdek, Hamdoʻstlikka aʼzo davlatlarning qurolli kuchlari oʻrtasida jismoniy tayyorgarlik va sport sohasida hamkorlikning “Istiqbolli reja” loyihasini tayyorlashga ham kelishib olindi. 2019 yilning yakunlari boʻyicha navbatdagi yigʻilish Qozogʻistonda oʻtkaziladi.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala