Jamiyat

Prezident portali orqali tuhmat qilgan fuqaro qamaldi

© SputnikVirtualnaya priyemnaya prezidenta RUz Shavkata Mirziyoyeva
Virtualnaya priyemnaya prezidenta RUz Shavkata Mirziyoyeva - Sputnik Oʻzbekiston
Oʻlmas Oʻsarov Jinoyat Kodeksining 139-moddasi (Tuhmat) 3-qismining «a, g» bandlari bilan aybli deb topilib bir yil muddatga ozodlikni cheklash jazosi tayinlangan.

TOSHKENT, 5 mar – Sputnik. Prezident portali orqali tuhmat qilgan fuqaroga sud hukmi oʻqildi, deb xabar qilmoqda Daryo.

Xabarda aytilishicha, bulungʻurlik Oʻlmas Oʻsarov 2018 yilning 8 dekabr prezident “Ishonch telefoni”ga qoʻngʻiroq qilib Inkassatsiya xizmati Samarqand viloyat boshqarmasi boshligʻi ishga qabul qilish evaziga 2000 dollar hamda Bulungʻur tuman IIB YOXB rahbari ishga kirish uchun 500 dollar talab qilayotganligini aytgan.

Sayt virtualnoy priyemnoy prezidenta Uzbekistana Shavkata Mirziyoyeva - Sputnik Oʻzbekiston
Prezident virtual qabulxonasi onlayn ishlaydi

Shunday soʻng ushbu ish yuzasida soʻroqlar olib borilgan va kerakli hujjatlar toʻplangan. Tergov jarayonida Oʻlmas Oʻsarovdan hech kim ishga kirishi uchun pul soʻramaganligi, faqat ushbu korxonalarda unga boʻsh ish oʻrinlari  yoʻqligi xabar qilingani maʼlum boʻlgan. Oʻsarovning aybi toʻliq isbotlangan.

Bulungʻur tuman Jinoyat ishlari boʻyicha sudi majlisida Prezident virtual qabulxonasi orqali mansabdor shaxslarga tuhmat qilgan Oʻlmas Oʻsarov Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining 139-moddasi (Tuhmat) 3-qismining «a, g» bandlari bilan aybli deb topilib bir yil muddatga ozodlikni cheklash jazosi tayinlangan.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala