Jamiyat

Shavkat Mirziyoyev nima sababdan Alisher Usmonov bilan faxrlanishini aytdi

© Foto: press-slujba prezidenta UzbekistanaPrezident Uzbekistana Shavkat Mirziyoyev nagradil Alishera Burxanovicha Usmanova ordenom "El-yurt xurmati".
Prezident Uzbekistana Shavkat Mirziyoyev nagradil Alishera Burxanovicha Usmanova ordenom El-yurt xurmati. - Sputnik Oʻzbekiston
Oʻzbekistonlik milliarder Namangan viloyati uchun ulkan mablagʻ yetkazib berdi.

TOSHKENT, 5 mar – Sputnik. Oʻzbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Namangan viloyatiga boʻlgan tashrifi vaqtida Alisher Usmonovning Namangan viloyati rivojlanishiga qoʻshgan hissasi haqida aytib berdi.

Xususan, prezident oʻzbekistonlik milliarder “Obod qishloq” loyihasi uchun 50 million dollar naqd pul berganini va bunday vatandoshlar  bilan faxrlanishini aytdi, Oʻzbekiston 24 telekanali xabariga asosan.  

“Agar ruxsat bersangiz, oʻrtoq prezident, men  50 million dollarni “Obod qishloq” loyihasi boʻyicha Namangan  viloyati uchun bersam. Siz shuni qanday qabul qilasiz”, - deb Alisher Usmonovning soʻzlarini keltirdi prezident.

Shavkat Mirziyoyev ushbu pullarni har bir rayonga 20-25 milliard soʻmdan tarqatish rejalashtirilayotganini va ushbu pullar faqat vaʼda boʻlmay, allaqachon naqd koʻrinishda Toshkentga yetib kelganini ham xabar qildi.

Shuningdek, Oʻzbekiston prezidenti Alisher Usmonov Namanganda zamonaviy biznes markaz va biznes maktab ochishni rejalashtirayotganini xabar qildi.

Kelib chiqishi Oʻzbekistondan boʻlgan Rossiyalik milliarder Alisher Usmonov 1953 yilda Namangan viloyatida Chust tumanida tugʻilgan. USM Holdings, "Metolloinvest" va "Megafon" kompaniyalari aktsiyadori bir necha bor Rossiyaning eng boy fuqarolari roʻyxatidan oʻrin olgan.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala