“Taxtlar o‘yini” aktori 474 kg. toshni ko‘tarib, koinotning eng kuchli odamiga aylandi

© Instagram / thorbjornssonAkter iz "Igri prestolov" Xaftor Byornsson
Akter iz Igri prestolov Xaftor Byornsson - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
“Taxtlar o‘yini” serialida qirolicha Serseyaning xos soqchisi rolini ijro etgan Xaftor Byornsson dunyoning eng kuchli odami unvoni saqlab qoldi.

TOShKENT, 5 mar – Sputnik. Irlandiyalik aktor va sportchi, “Taxtlar o‘yini” serialida Grigor Kligan rolini ijro etgan Xaftor Byornsson dunyoning eng kuchli odami unvoniga loyiq ekanligini tasdiqladi.

30 yoshli aktor Kolumbus shahrida (AQShning Ogayo shtatida) bo‘lib o‘tgan “Arnold Strongman Classic 2019” musobaqasida og‘irligi 474 kilogramm toshni ko‘tarib, g‘alaba qozondi.

Posmotret etu publikatsiyu v Instagram

Publikatsiya ot Hafþór Júlíus Björnsson (@thorbjornsson)

ABC News nashrining ma’lum qilishicha, Kaliforniya sobiq gubernatori va aktor Arnold Shvarsenegger Xaftor Byornssonni rekord o‘rnatganligi munosabati bilan shaxsan tabriklab, unga 72 ming dollar miqdorida mukofot pulini taqdim etdi.

Eslatib o‘tamiz, o‘tgan yilning may oyida Xaftor Byornsson dunyoning eng kuchli odami unvoniga sazovor bo‘lgan edi. Filippinda bo‘lib o‘tgan “World's Strongest Man 2018” turnirida “Taxtlar o‘yini” yulduzi 472 kilogramm toshni ko‘tarishga muvaffaq bo‘lgan edi.

© Foto : instagramAkter i sportsmen Xaftor Byornsson
“Taxtlar o‘yini” aktori 474 kg. toshni ko‘tarib, koinotning eng kuchli odamiga aylandi - Sputnik O‘zbekiston
Akter i sportsmen Xaftor Byornsson
Yangiliklar lentasi
0