Jamiyat

Oʻzbekkoʻmir professional tashqi boshqaruvga berilishi mumkin

© Sputnik / Aleksandr Kryajev / Fotobankka oʻtishKaryernыy ekskavator na kamennougolnom razreze
Karyernыy ekskavator na kamennougolnom razreze - Sputnik Oʻzbekiston
Tarmoqdagi tizimli muammolar tufayli Oʻzbekistonda koʻmir ishlab chiqarish rejasi bir necha yildan beri bajarilmay kelinmoqda.

TOSHKENT, 5 mar – Sputnik. “Oʻzbekkoʻmir” aktsiyadorlik jamiyati samaradorligini oshirish maqsadida professional tashqi boshqaruvga berilishi mumkin. Bu haqida 5 mart kuni Shavkat Mirziyoyev ishtirokida boʻlib oʻtgan yigʻilishda xabar qilindi.

Pogruzka uglya v vagonы na kamennougolnom razreze - Sputnik Oʻzbekiston
Iqtisod
Oʻzbekiston koʻmir sanoati Rossiya kompaniyasi bilan birgalikda rivojlantiriladi

Prezident ishtirokida majlisda xabar qilinishiga koʻra, Oʻzbekistonda koʻmirchilik sohasida tizimli muammolar toʻplanib qolgan. Xususan, konlardagi texnika eskirgan, asosiy kon boʻlgan  Angren konida kon ochish ishlari ortda qolib, karyerlarning qiyalik burchagi belgilangan meʼyordan oshib, qazish ishlari xavfli darajaga yetgan. 

“Ushbu muammolarni tez va samarali hal etish uchun “Oʻzbekkoʻmir” aktsiyadorlik jamiyatini professional tashqi boshqaruvga berish moʻljallanmoqda”, - deyilgan xabarda.

Maʼlumot uchun, Oʻzbekistonda har yili xonadonlarga 1 million tonna, ijtimoiy soha obʼyektlariga 400 ming tonna koʻmir yetkazib beriladi. Undan tashqari Yangi Angren va Angren issiqlik elektr stantsiyalarida energiya ishlab chiqarish uchun 4 million tonna koʻmir yoqiladi. 

Xabarning toʻliq matni bilan quyida tanishing. 

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala