80 yoshli onaxonga O‘zbekistonga qaytishga yordam berildi

Obuna bo‘lish
Onaxon bir necha yil avval nevarasi bilan birgalikda Rossiyaga kelgan va uni yo‘qotib qo‘ygan, ustiga ustak xotrasi ham pasaygan.

TOShKENT, 7 mar – Sputnik. O‘zbekistonning Novosibirskdagi Bosh konsulxonasi boquvchisiz qolgan 80 yoshli o‘zbekistonlik onaxon Nelya Simonyansga vataniga qaytishga yordam berdi,  deb xabar qilmoqda Xalq so‘zi “Dunyo” axborot agentligiga asosan.

Kirgizov Nuriddin nagrajden za spasenie iz gorashego doma pojiloy jitelnisi v Moskovskoy oblasti - Sputnik O‘zbekiston
Rossiyada keksa ayolni yong‘indan saqlab qolgan O‘zbekiston fuqarosiga mukofotlar topshirildi

Nelya Simonyans 1939 yilda Andijon viloyatida tavallud topgan. U bir necha yillar avval o‘z boquvchisini yo‘qotib qo‘yadi. Ustiga-ustak xotirasi qisman pasayadi. Rossiya Federatsiyasi huquq-tartibot idoralari xodimlari onaxonni topib, uni vaqtincha saqlash uchun Novosibirskdagi kasalxonaga yuborganligi ma’lum bo‘ldi.

Onaxonning so‘zlariga ko‘ra, u bundan bir necha yillar avval nevarasi bilan birgalikda Rossiyaga kelgan va uni yo‘qotib qo‘ygan. Lekin hali-hamon o‘z nevarasini topa olmagan.

— Men O‘zbekistonda tug‘ilib o‘sdim. Otam o‘zbek. Butun umr Andijon viloyatining Asaka shahrida halol mehnat qildim. Keksayib qolgan vaqtimda nevaram meni shu yerlarga olib keldi. Ammo men uni yo‘qotib qo‘ydim. Qanday topishni bilmadim. Negadir hech nimani eslolmayapman. Men o‘z Vatanim, O‘zbekistonni sog‘indim, — deydi N. Simonyans.

Nelya Simonyansning o‘z manziliga yetib borishini ta’minlash masalalari Bosh konsullik va Andijon viloyati ichki ishlar boshqarmasi hamkorligida amalga oshirilgan.

Yangiliklar lentasi
0