Sport

Oʻzbekistonlik 14 yoshli ogʻir atletikachi mutlaq jahon chempioni boʻldi

© NOKNigora Abdullayeva
Nigora Abdullayeva - Sputnik Oʻzbekiston
Nigora Abdullayeva 49 kg vaznda mutlaq jahon chempioni boʻldi.

TOSHKENT, 11 mar - Sputnik. Bunaqasi tarixda boʻlmagan! 14 yoshli ogʻir atletikachi qizimiz oʻsmirlar oʻrtasida mutlaq jahon chempioni boʻldi, - deb xabar qilmoqda Oʻzbekiston Olimpiya qoʻmitasi.

Las-Vegasda davom etayotgan ogʻir atletika boʻyicha oʻsmirlar oʻrtasidagi jahon chempionatida oʻzbekistonlik Nigora Abdellayeva 49 kg vazn toifasida mutlaq jahon chempioni boʻldi.

Qizigʻi shundaki Nigora hali 14 yoshda! U dast koʻtarish mashqida 75 kg, siltab koʻtarish mashqida esa 90 kg, ikki kurash boʻyicha 165 kilogramm natija qayd etdi! Uchala yoʻnalishda ham hech kim Nigoraxonga teng kela olmadi, deyilgan xabarda. 

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala