Jamiyat

Ichki ishlar boʻlimining qaysi vazifalari Milliy gvardiyaga beriladi?

© Press-slujba prezidenta UzbekistanaSotrudniki Natsionalnoy gvardii Uzbekistana
Sotrudniki Natsionalnoy gvardii Uzbekistana - Sputnik Oʻzbekiston
Obuna boʻlish
Yandex newsTelegram
Ichki ishlar boʻlimining Qoʻriqlash boʻlinmasi vazifalari Milliy gvardiyaga berilishi rejalashtirilmoqda.

TOSHKENT, 12 mar — Sputnik. Oʻzbekistonda Ichki ishlar vazirligining bir qator vazifalarini Milliy gvardiyaga berish rejalashtirilmoqda. Bu haqida  Vazirlar Mahkamasi tomonidan ishlab chiqilgan qaror loyihasida aytib oʻtilgan.

Xususan, Milliy gvardiyaga quyidagi vazifalarni topshirish rejalashtirilgan:

  • surunkali alkogolizm yoki giyohvandlikka mubtalo boʻlgan bemorlarni majburiy davolash -profilaktika muassasalarini qoʻriqlash vazifasi;
  • diplomatik vakolatxonalar va konsullik muassasalarini qoʻriqlash vazifasi;
  • telekoʻrsatuvlar va radioeshittirishlar obʼyektlarini qoʻriqlash, muhofaza qilish hamda ularning xavfsiz faoliyat koʻrsatishini taʼminlash vazifasi;
  • “Doʻrmon” milliy bogʻining xavfsizligini taʼminlash vazifasi;
  • Qimmatbaho metallar va qimmatbaho toshlardan zargarlik va boshqa buyumlar ishlab chiqarish sohasida ishlash guvohnomasini berish vazifasi.  

Maʼlumot uchun, Milliy gvardiya 2017 yil avgustida Prezident farmoniga asosan tashkil etilgan edi. Joriy yil yanvarida Qoʻriqlash bosh boshqarmasi IIVdan Milliy gvardiya tarkibiga oʻtkazildi.

Yangiliklar lentasi
0