MXL yulduzi Ovechkin va murabbiy Sluskiy o‘zbekistonliklarga samimiy tilaklarini yo‘llashdi

© Sputnik / Kirill Kallinikov / Mediabankka o‘tishVserossiyskiy molodojniy forum "Territoriya smislov na Klyazme"
Vserossiyskiy molodojniy forum Territoriya smislov na Klyazme - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Humo Arena ochilish marosimi 15-mart kuniga belgilangan. Unda prezident Shavkat Mirziyoyev hamda hukumat, parlament va diplomatik korpus vakillari ishtirok etishi kutilmoqda.

TOShKENT, 13 mar - Sputnik. Rossiyalik xokkeychi, MXL “Vashington Kepitalz” jamoasi sardori va hujumchisi, Stenli Kubogining 2018-yildagi sovrindori hamda mazkur turnirning eng nufuzli o‘yinchisi, uch karra jahon chempioni Aleksandr Ovechkin Humo Arena muz saroyining ochilishi arafasida barcha o‘zbekistonliklarga ushbu tantanali sana munosabati bilan tabrik yo‘lladi.

U o‘z tabrigida O‘zbekiston sporti barcha sohalarda zafarlarga erishishiga tilakdosh ekanini bildirdi.

Numo Arena muz saroyining tantanali ochilishi munosabati bilan tabriklar kelishi davom etmoqda. O‘zbekistonliklarga sportda yangi g‘alabalar va katta muvaffaqiyatlar yor bo‘lishini tilab, rossiyalik futbol murabbiyi, taniqli futbol sharhlovchisi Leonid Sluskiy o‘zining samimiy tilaklarini yo‘lladi. 

Sluskiy – Rossiyada xizmat ko‘rsatgan murabbiy. U rahbarligida SSKA uch marta Rossiya chempionati g‘olibi bo‘lgan, ikki marta Rossiya kubogini va Rossiya sperkubogini qo‘lga kiritgan.

Eslatib o‘tamiz, Numo Arena qurilishi 2017-yilda boshlangan edi. Sport majmuasida xokkey, short-trek, figurali uchish va korling kabi qishgi sportlar bo‘yicha musobaqalar o‘tkazish, shuningdek, konsert, ko‘rgazma va forumlar tashkil qilinishi mumkin.

Numo Arena 7 qavatdan iborat bo‘lib, uning umumiy maydoni 82 ming metr kvadrat. Majmua 12 ming tomoshabinga mo‘ljallangan. Shuningdek u yerda 1600 o‘rinli avtoturargoh bor.

Yangiliklar lentasi
0