Meva-sabzavotchilik sohasida qishloq xo‘jaligi kooperatsiyasi rivojlantiriladi

© jahonnewsMejdunrodnaya yarmarka ovoshey i fruktov v Tashkente
Mejdunrodnaya yarmarka ovoshey i fruktov v Tashkente - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Qishloq xo‘jaligi birlashmalari a’zolarining yer maydonlari optimallashtirilishi va olib qo‘yilishi mumkin emas. Yer kodeksida nazarda tutilgan holatlar bo‘yicha a’zolarning yerini olib qo‘yish faqat sud qarori asosida amalga oshiriladi.

TOShKENT, 15 mar — Sputnik. 2019-yil 14-mart kuni “Meva-sabzavotchilik sohasida qishloq xo‘jaligi kooperatsiyasini rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Prezident qarori qabul qilindi. Bu haqda “Huquqiy axborot” kanali xabar qildi.

Qarorga muvofiq:

- ixtiyoriy va pay asosida ishtirok etish tamoyillarida mustaqil va o‘zaro bog‘liq qishloq xo‘jaligi korxonalari, fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalarining kooperatsion birlashish instituti yaratiladi;

Frukti na rinke - Sputnik O‘zbekiston
Meva-sabzavot mahsulotlarini eksporti yuzasidan qo‘yilgan cheklov bekor qilindi

- 2019-2020 yillarda tajriba-sinov tariqasida meva-sabzavot mahsulotlarini ishlab chiqarish, tayyorlash, saqlash va sotish bo‘yicha birgalikdagi faoliyatni amalga oshirish uchun G‘allaorol, Zomin, Bulung‘ur, Urgut, Oltiariq, Quva, Qibray va Parkent tumanlarida qishloq xo‘jaligi birlashmalari tashkil etiladi;

- 2020-yil 1-dekabrga qadar tajriba-sinov yakunlariga ko‘ra qishloq xo‘jaligi birlashmalarining kooperatsion birlashish institutini boshqa hududlarda ommalashtirish bo‘yicha taklif kiritiladi.

Qishloq xo‘jaligi birlashmalariga fermer, dehqon xo‘jaliklari, tomorqa yer egalari shuningdek meva-sabzavotlik sohasida faoliyat yuritadigan jismoniy va yuridik shaxslar ixtiyoriy ravishda a’zolik badallari kiritish yo‘li bilan (pay) a’zo bo‘lishi mumkin.

Qishloq xo‘jaligi birlashmalari vakolatlari a’zolar tomonidan bevosita beriladigan vakolatlar ta’sis hujjatlarida belgilanadi.

Bunda qishloq xo‘jaligi birlashmalari a’zolari boshqa masalalar bo‘yicha o‘z xo‘jalik faoliyatini yuritishda iqtisodiy mustaqillik va huquqiy maqomini saqlab qoladi, qishloq xo‘jaligi birlashmalari va a’zolar o‘rtasidagi munosabatlar shartnoma asosida quriladi.

Qishloq xo‘jaligi birlashmalari a’zolarining yer maydonlari optimallashtirilishi va olib qo‘yilishi mumkin emas. Yer kodeksida nazarda tutilgan holatlar bo‘yicha a’zolarning yerini olib qo‘yish faqat sud qarori asosida amalga oshiriladi.

Qishloq xo‘jaligi birlashmalari qishloq xo‘jaligi ekinlarini joylashtirish va ularni almashtirish to‘g‘risidagi qarorlarni mustaqil ravishda qabul qiladi.

Yangiliklar lentasi
0