Iqtisod

Samarqandda ISUZU D-MAX yoʻltanlamas avtomobili ishlab chiqarilishi mumkin

© UzAV Samarkande mogut naladit proizvodstvo ISUZU D-MAX
V Samarkande mogut naladit proizvodstvo ISUZU D-MAX - Sputnik Oʻzbekiston
ISUZU D-MAX dunyoning bir necha mamlakatlarida sotilayotgan global va ommaviy yoʻltanlamas pikap avtomobilidir.

TOSHKENT, 17 mar – Sputnik. Samarqandda ISUZU kompaniyasining D-MAX yoʻltanlamas pikap avtomobilini ishlab chiqarish yoʻlga qoʻyilishi mumkin. Bu haqida SmaAvto zavodining 20 yilligiga bagʻishlangan tantanali marosimda xabar qilindi deb yozmoqda OʻzA.

Tantanali marosimda Samarqand viloyati hokimi Erkinjon Turdimov, zavod rahmbariyati va yaponiyalik mehmonlar ham ishtirok etishdi, deyilgan xabarda.

“Tantanali marosimdan soʻng, yaponiyalik hamkorlar Samarqand viloyati hokimligi va “Oʻzavtosanoat” kompaniyasi vakillariga “ISUZU Motors” kompaniyasining “D-MAX” avtomobilini koʻrsatib, kelgusida zavodda ushbu turdagi avtomashinalarni ham ishlab chiqarish rejalashtirilayotganini maʼlum qildi”, - deyilgan xabarda.

Eslatib oʻtamiz, SamAvto avtomobil zavodi bundan 1999ning mart oyida Turkiyaning “Koch” kompaniyasi bilan hamkorlkda ishga tuirilgan edi. Oʻsha vaqtda korxonada 2 xil avtobus va 3 xil yuk avtomobillari yirik jamlash uslubida ishlab chiqarilar edi.

Vw Amarok - Sputnik Oʻzbekiston
Iqtisod
Samarqandda Volkswagen Amarok avtomobillari ishlab chiqariladi

Keyinchalik SamAvto Yaponiyaning “ISUZU Motors” va “Itochu corporation” kompaniyalari bilan hamkorlik oʻrnatdi. Bugungi kunda Samarqand avtomobil zavodida 7 turdagi zamonaviy avtobuslar, 36 xil yuk va maxsus avtomobillar ishlab chiqarilmoqda.

Korxonada 1200 dan ortiq kishi mehnat qilmoqda. Shu paytgacha zavodda 33 ming 700 dan ortiq avtobus va yuk mashinalari ishlab chiqarildi. Mahsulot nafaqat Oʻzbekistonda balkim Markaziy Osiyo davlatlari, Rossiya, Ozarboyjon va Gruziyaga eksport qilinmoqda.

Maʼlumot uchun ISUZU D-MAX Rossiyada  1,7 mln rubl atrofida sotilmoqda. Avtomobil toʻrt gʻildiragi ham harakatlanuvchi (4WD), ramali haqiqiy yoʻlnalamas avtomobillar oilasidan. Quyida uning barcha xususiyatlari bilan batafsil tanishishingiz mumkin.  

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala