Dunyoda

Ostona nomining oʻzgarishi: Konstitutsiyada bunga moneʼlik yoʻq

© Sputnik / Sergey Pyatakov / Fotobankka oʻtishGoroda mira. Astana
Goroda mira. Astana - Sputnik Oʻzbekiston
Poytaxt nomi mamlakat suvereniteti, territorial yaxlitlik va prezident maqomiga daxldor emas, shu bois Konstitutsiyaga binoan shaharga boshqa nom berilishi mumkin

TOSHKENT, 23 mar — Sputnik. Konstitutsiyaviy kengash tomonidan Ostona nomini qayta nomlash masalasi boʻyicha Konstitutsiyaga oʻzgartish kiritishga ijobiy xulosa berdi. Bu haqda Konstitutsiyaviy kengash aʼzosi Iogan Merkel maʼlum qildi, deb yozadi Sputnik Qozogʻiston.

Prezident RF V. Putin i kandidat na post premyer-ministra RF D. Medvedev prinyali uchastiye v plenarnom zasedanii Gosdumы RF - Sputnik Oʻzbekiston
Siyosat
Jirinovskiy Nazarboyevdan Qozogʻistondagi "qayta nomlash" jarayonini toʻxtatishni soʻradi

Kasim-Jomart Tokayev qonunchilik loyihasini kiritgani yoʻq, u faqat gʻoyani ilgari surdi, dedi Merkel.

"Hukumat bu qonunchilik loyihasini kiritdi. Lekin majburiy shart mavjud. Konstitutsiyaga oʻzgartirish kiritilayotganida, Konstitutsiyaviy kengashning ijobiy xulosasi boʻlishi kerak. Biz shunday xulosani berdik. Ham rasman ham yuridik jihatdan barcha jarayonlarga amal qilindi", - dedi Merkel.

Konstitutsiyaga binoan mamlakat suvereniteti, territorial yaxlitligi, prezident maqomi va davlat faoliyatining asosiy tamoyillari oʻzgarishsiz qoladi. Poytaxtning qayta nomlanishi bu masalalarga daxldor emas, deb taʼkidladi Merkel.

"Internetda turlicha taxminlar yuribdi, bu notoʻgʻriligi, oʻz boʻyniga prezident vakolatlarini olgan shaxs Konstitutsiyaga oʻzgartish kiritish tashabbuskori boʻlishga haqli emasligi haqida aytilayapti. Men sizga aytmoqchiman, Tokayev hech qanday qonunchilik loyihasini kiritgani yoʻq", - deb taʼkidladi u.

Fuqaro sifatida Iogan Merkelning oʻzi Ostonaning Nursultonga qayta nomlanishi taklifini qoʻllab-quvvatlaydi. Uning fikricha, yoshlar "poytaxt bilan bogʻliq tarixiy jarayonni yaxshi bilishmaydi, mamlakat qurilishida prezident ishtiroki qanday boʻlganidan xabardor emas".

Prezident tomonidan oʻzgartishlar imzolanishi bilan Ostona rasman Nur-Sulton, deya atala boshlaydi.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala