TOSHKENT, 24 mar – Sputnik.Neft eksport qiluvchi davlatlar tashkiloti (OPEK) qoshidagi Xalqaro rivojlanish fondi (OFID) Namangan viloyati aholi punktlariga ichimlik suvi yetkazib berish loyihasi uchun 54 mln $ imtiyozli kredit ajratishini xabar qildi.
Bu haqida OFID Oʻzbekistonning Avstriyadagi elchixonasi xabardor qilgan, Tashqi ishlar vazirligi matbuot xizmati xabariga asosan.
“2019-yilning 22-mart kuni OPEK qoshidagi OFID fondi Boshqaruvchilar kengashi tomonidan Yangiqoʻrgʻon tumanining 22 ta aholi punktlari va qisman Namangan shahrini ichimlik suvi bilan taʼminlashga qaratilgan umumiy qiymati 54 mln. AQSH dollariga teng boʻlgan loyihaning tasdiqlangani toʻgʻrisida Oʻzbekistonning Avstriyadagi Elchixonasi xabardor qilindi,”, - deyilgan xabarda.
Loyihani amalga oshirish 2020-2025-yillarga moʻljallangan. Loyiha hayotga tadbiq etilganidan soʻng, Namangan viloyatining 200 mingdan ortiq asosan qishloq joylarida yashovchi aholisi toza ichimlik suvi bilan taʼminlanadi.
Ushbu imtiyozli kredit Namangan viloyatiga besh yillik imtiyozli muddat bilan 20 yilga beriladi.