Siyosat

Shavkat Mirziyoyev Birlashgan Arab Amirliklariga joʻnab ketdi

© UzAShavkat Mirziyoyev otbыl v Arabskiye Emiratы
Shavkat Mirziyoyev otbыl v Arabskiye Emiratы - Sputnik Oʻzbekiston
Obuna boʻlish
Yandex newsTelegram
Prezident tashrifi yakunida Oʻzbekiston va BAA orasida investitsiyalar, moliya, qishloq xoʻjaligi, bojxona va mehnat resurslari sohalarda hamkorlik haqida kelishuvlar imzolash koʻzda tutilgan. 

TOSHKENT, 24 mar - Sputnik. Shavkat Mirziyoyev BAAga joʻnab ketdi, bu haqida prezident matbuot xizmati xabar qilmoqda.   

"Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev bugun, 24 mart kuni rasmiy tashrif bilan Birlashgan Arab Amirliklari poytaxti - Abu-Dabi shahriga joʻnab ketdi", - deyilgan xabarda.

Tashrif doirasida Oʻzbekiston prezidenti BAA Qurolli kuchlari Oliy bosh qoʻmondoni oʻrinbosari Shayx Muhammad bin Zoid Ol Nahayon hamda BAA vitse-prezidenti, Bosh vaziri, Dubay amiri Shayx Muhammad bin Roshid Ol Maktum bilan uchrashuv oʻtkazishi hamda “Masdar-siti” texnoparki va boshqa qator sanoat, ijtimoiy obʼyektlarga tashrif buyurishi rejalashtirilgan. 

Tashrif yakunida BAA va Oʻzbekiston oʻrtasida Qoʻshma bayonot qabul qilish, investitsiyalar, moliya, qishloq xoʻjaligi, bojxona maʼmuriyatchiligi, mehnat resurslari va boshqa sohalardagi hamkorlikka oid kelishuvlar imzolash koʻzda tutilgan. 

Yangiliklar lentasi
0