Dunyoda

Rossiyada harbiylar uchun alohida uyali aloqa operatori paydo boʻladi

© Sputnik / Anton KurilkinYejednevnыy ratsion rossiyskix voyennыx vklyuchal v sebya 250 grammov myasa, 900 grammov ovoщey
Yejednevnыy ratsion rossiyskix voyennыx vklyuchal v sebya 250 grammov myasa, 900 grammov ovoщey - Sputnik Oʻzbekiston
Obuna boʻlish
Yandex newsTelegram

TOSHKENT, 25 mar – Sputnik. Rossiyalik harbiylar uchun maxsus uyali aloqa operatori paydo boʻlishi mumkin, deb xabar qilmoqda Vedomosti nashri.

Mudofaa vazirligi huzurida yangi tashkil qilinayotgan kompaniya “Voyentelekom” deb ataladi va u Tele2 virtual operatori asosida faoliyat yuritadi.

“Voyentelekom” yaqinda Roskomnadzordan butun Rossiya hududida ishlash uchun 5 yilllik virtual operator litsenziyasini olgan (Mobile Virtual Network, MVNO). 

Harbiylar uchun full MVNO tizimi, joriy etiladi. Buning natijasida ushbu tarmoqda uzatilayotgan maʼlumotlar ustidan toʻliq nazorat qilish, turli shifrlash tizimlarini joriy etish imkoni paydo boʻladi, deyilgan xabarda.

Eslatib oʻtamiz, ushbu yilning mart oyida Rossiyada harbiylar uchun uyali aloqa vositalaridan foydalanish, harbiy xizmat vaqtida ijtimoiy tarmoqlarda faoliyat yuritish taʼqiqlangan edi.

Yangiliklar lentasi
0