Jamiyat

Gaz birinchi navbatda kimlarga yetkazib beriladi - hukumat qarori

© Sputnik / Ramiz BaxtiyarovGazovaya plita
Gazovaya plita - Sputnik Oʻzbekiston
Isteʼmolchilarga gaz maishiy isteʼmolchilar uchun belgilangan tariflarda yetkazib beriladi.

TOSHKENT, 26 mar – Sputnik. Hukumatning ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritildi, deb xabar qildi Adliya vazirligining "Huquqiy axborot" kanali.

Gazovaya stantsiya kompanii Lukoyl v Djarkuduke, Uzbekistan - Sputnik Oʻzbekiston
Iqtisod
Endi "Lukoyl" Oʻzbekiston ichki bozoriga ham gaz yetkazib beradi

Qonunchilikka muvofiq, gaz taʼminoti maishiy isteʼmolchilar, oilaviy korxonalar hamda strategik va ijtimoiy ahamiyatga ega isteʼmolchilarga birinchi navbatda yetkazib beriladi.

Maishiy isteʼmolchilar – maishiy ehtiyoj (ovqat tayyorlash, issiq suv va isitish) uchun tabiiy gazdan foydalanuvchi aholi.

Kiritilgan qoʻshimchalarga muvofiq, idoraviy va munitsipal uy-joy fondi, yotoqxonalar va xususiy uy-joy mulkdorlari shirkatlari hamda aholi ehtiyojlari uchun lokal qozonxonalar ham yuqoridagi toifaga kiritildi.

Mazkur isteʼmolchilarga gaz maishiy isteʼmolchilar uchun belgilangan tariflarda  yetkazib beriladi.

Aholiga kommunal-maishiy ehtiyojlar uchun gaz yetkazib berish 2018 yil 16 noyabrdan 320 soʻm, 2019 yil 1 iyundan 350 soʻmni tashkil etadi.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala