Iqtisod

Rossiya agroxoldingi Oʻzbekistonda 300 million yevroga issiqxona quradi

© Sputnik / Fotobankka oʻtishSbor klubniki v Abxazii
Sbor klubniki v Abxazii - Sputnik Oʻzbekiston
"EKO-kultura" Surxondaryoda 300 gektar maydonda issiqxona qurishni rejalashtirgan.

TOSHKENT, 26 mar – Sputnik. Rossiyaning "EKO-kultura" nomli agrosanoat xoldingi 2019 -2022 yillar ichida Oʻzbekistonda qiymati 300 million yevroga teng boʻlgan issiqxona quradi, deb xabar qildi "Oʻzbekozikovkatxolding" matbuot xizmati.

“Rossiya agrosanoat xoldingi Surxondaryo viloyatining Qiziriq tumanida oʻz issiqxona majmuasini qurishni boshladi. Loyihaning umumiy qiymati 300 million yevroga teng”, – deyilgan xabarda.

Dastlabki bosqichda, 2019 yil davomida Rossiya kompaniyasi 50 gektar yerga plyonkali issiqxona qurib pomidor yetishtirishni hamda boʻlajak rivojlantirish uchun muhandislik, transport va texnologik asos yaratish bilan shugʻullanadi.

Kelgusi 3 yil ichida esa 300 gektar maydonda teplitsilar qurib, har bir gektardan 400 tonna pomidor hosili olishni rejalashtirigan.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala