Hodisalar

Xorazmda aholi chorvasiga zarar yetkazgan yovvoyi itlardan biri qopqonga tushdi

"Hozirgi vaqtda aholi chorvalarini yovvoyi itlar hujumidan asrash choralari, xususan viloyat ovchilari va baliqchilari tomonidan ovlash choralari koʻrilmoqda", - deb maʼlum qilindi Bosh prokuratura matbuot xizmatida.

TOSHKENT, 26 mar – Sputnik. Xorazmda aholi chorvasiga zarar yetkazgan yovvoyi itlardan biri qopqonga tushdi. Bu haqda Bosh prokuratura matbuot xizmati tomonidan Sputnik agentligiga taqdim etilgan maʼlumotnomada aytilgan.

Papka s dokumentami - Sputnik Oʻzbekiston
Jamiyat
Xorazm viloyatiga prokuror tayinlandi

Maʼlumotnomada qayd etilishicha, Xorazm viloyati, Shovot tumanining Turkmaniston Respublikasi bilan chegarasi hududiga yaqin joyda joylashgan, “Usta hunarmand” mahallasida yashovchi fuqarolarning uy hayvonlariga 2019 yil 7 mart kunidan boshlab yovvoyi it hujum qilib kelayotganligi aniqlangan.

Shovot tuman IIB tomonidan olib borilgan surishtiruv davomida ushbu yovvoyi it 2019 yil mart oyining boshidan buyon Turkmaniston Respublikasi chegarachilari tomonidan chegaradagi betaraf hududni qamishzorlardan tozalash maqsadida oʻt qoʻyilishi natijasida qamishzorlar orasida yashab kelgan yovvoyi itlar Shovot tuman hududiga oʻtib fuqarolarning qarovsiz qoldirilgan uy hayvonlariga hujum qilayotganligi maʼlum boʻlgan.

Jumladan, joriy yil mart oyi boshidan buyon yovvoyi itlar fuqaro D.Kurbanovning bir bosh echkisiga, fuqaro A.Karimovning bir bosh qoʻyiga, fuqaro M.Quryazovning bir bosh qoʻyiga hujum qilib jarohat yetkazib nobud qilgan.

Fuqaro R.Sabirov tomonidan qoʻlbola usulda yasalgan temir qopqon qoʻyilishi natijasida 2019 yil 16 mart kuni tungi vaqtda yovvoyi itlardan biri qopqonga tushib oʻlgan. Qopqonga tushgan yovvoyi itning rangi qoramtir kulrang.

Fuqaro R.Sabirov soʻzlariga koʻra, yovvoyi itni qopqonga tushirgan vaqtida ular ikkita boʻlgan va oq rangdagi hayvon qochib ketgan.

Hozirgi vaqtda tuman IIB tomonidan surishtiruv harakatlari olib borilmoqda. Viloyat ovchilari va baliqchilari tomonidan yovvoyi itlarni ovlash choralari koʻrilmoqda.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala