Analitika

Oʻzbekistondagi mansabdorlar kutilmaganda xalq huzuriga kirib bordilar

© Xalq bilan muloqot guruhiOʻzbekistondagi rahbarlar xalq bilan muloqotga chiqdilar
Oʻzbekistondagi rahbarlar xalq bilan muloqotga chiqdilar - Sputnik Oʻzbekiston
Obuna boʻlish
Yandex newsTelegram
Toshkentda oʻtkazilgan rahbarlarning ommaviy qabulida hokim, bosh prokuror, adliya vaziri va IIV rahbari 500ga yaqin fuqarolarning dardini tinglab, muammolarini hal etishda yordam berdilar

TOSHKENT, 26 mar - Sputnik. Toshkentda 25-mart kuni Oʻzbekiston prezidenti xalq qabulxonasi tomonidan tashkil etilgan qabul davomida besh yuzga yaqin fuqaro shikoyatlarini tegishli organ rahbarlariga maʼlum qildi, deb xabar qilmoqda Sputnik Oʻzbekiston muxbiri. 

Prezident Shavkat Mirziyoyev pobesedoval s jitelyami maxalli Zargarlik goroda Djizaka - Sputnik Oʻzbekiston
Jamiyat
Shavkat Mirziyoyev: rahbarlar pastda yurishi, xalqqa xizmat qilishi kerak

Navbatdagi ommaviy qabulda Prezident davlat maslahatchisi birinchi oʻrinbosari Ulugʻbek Muhammadiyev, Oʻzbekiston Oliy sudi raisi Kozimjon Komilov, Bosh prokuror Otabek Murodov, Adliya vaziri Ruslan Davletov, Ichki ishlar vaziri Poʻlat Bobojonov, Davlat soliq qoʻmitasi raisi Behzod Musayev, Toshkent shahar hokimi Jahongir Ortiqxoʻjayev va boshqa mutasaddilar fuqarolarni shaxsan qabul qildi.

"Rahbarlarni xalq qabuliga olib keldik"

Mazkur tadbirning ochilishida Oʻzbekiston prezidenti Davlat maslahatchisi Tursinxon Xudaybergenov fuqarolar murojaatlari – xalqning dardu tashvishi ekani va birinchi galda hal etilishi shart boʻlgan masalaga ekaniga eʼtibor qaratdi.

"Odamlar koʻp hollarda idorama-idora yurib, oʻzlarini qiynayotgan masalalarni hal qilolmay ovora boʻlmoqda. Shuning uchun barcha eng zarur tizimlarning rahbarlarni xalq huzuriga olib keldik. Bu imkoniyatdan unumli foydalaning", - dedi Davlat maslahatchisi.

Rahbarlarning bevosita qabuli kun boʻyi davom etdi.

Oʻzbekiston Bosh militsioneridan nimalarni soʻrashdi?

Ichki ishlar vaziri Poʻlat Bobojonovga huquq-tartibot sohasida ishlab, turli sabablar bilan boʻshagan sobiq xodimlarning ishga tiklashni soʻrab qilgan murojaatlari koʻpchilikni tashkil etdi.

Vazir har bir murojaatchini sinchkovlik bilan eshitish barobarida ichki ishlar organlarida kasbiga sadoqatli, fidoyi kadrlar xizmat qilishi zarurligiga urgʻu berib oʻtdi.

Egasiz mulklar va pensiya masalasi

Adliya vaziri qabuliga kelgan oʻnlab kishilar oʻz murojaatlarida uy-joy, ish bilan taʼminlash, egalik huquqi, pensiya kabi masalalar boʻyicha muammolarini hal qilishda amaliy yordam soʻradi.

Jamiyat
Oʻzbekiston pensiya yoshini oshirmoqchi

Notarusning masʼuliyatsizligi, egalik huquqini ololmaslik, ishga kirishda amaliy yordam soʻralgan masalalarni Adliya vaziri Davletov joyida hal etishga, odamlarga amaliy yordam berish uchun tegishli xodimlarga shu yerning oʻzida zarur topshiriqlar berdi. Hujjatlardagi bitta harf mos kelmasligi oqibatida necha oylardan beri sarson yurgan Nasiba Zohidovaning ishi hal boʻldi, hisob.

Xonadonini oʻz doʻstiga sotish huquqi asosida ishonchnoma orqali foydlanishga bergan, oqibatda uyidan ayrilgan fuqaroning dardini eshitib, vazir oʻylanib qoldi. Koʻr-koʻrona oʻz huquqini oʻzgaga topshirgan, oʻzini oʻz huquqidan mahrum qilib nadomat chekayotgan kishining holi, albatta, juda achinarli. U  qanchalik afsuslanmasin, yuqori idora rahbarlariga shikoyat qilmasin, bari befoyda. Chunki yoʻqotilgan huquqni endi tiklash imkonsiz.

Shu kabi buxorolik bir ayolning vafot etgan oʻgʻlidan qolgan nabiralarini 14 yilki koʻra olmayotganidan yozgʻirib koʻz yosh toʻkishi ham huquq meʼyorlariga toʻgʻri kelmaydi. Axir huquqlar oʻz vaqtida kerakli idoraga borib talab qilingandagina u sizning manfaatingizga moslashadi. Lekin ayrimlar hamon kattaroq rahbarning oldiga borib "Adolat yoʻq, qani haqiqat?" deb deb toʻpolon koʻtarib ishimni hal qilaman, deb oʻylab qattiq adashmoqda.

Prezident Respubliki Uzbekistan Shavkat Mirziyoyev 10 yanvarya posetil otdel vnutrennix del №7 Yunusabadskogo rayona goroda Tashkenta.  - Sputnik Oʻzbekiston
Jamiyat
Mirziyoyevga “xat yozgan” uysiz bola kim ekani aniqlandi

"Qabul davomida fuqarolarning huquqiy ongi masalasida hali muammolar borligini yana bir karra his qildim. Avvallari huquqiy madaniyatga yuksaltirishga qaratilgan koʻp ish qilingan. Ammo huquqiy ong masalasi bilan hech kimning ishi boʻlmagan. Bugun ayrim odamlar qaysi idora qanday ish bilan shugʻullanishini bilmasdan eshikma-eshik, idorama-idora sarson boʻlayotgani oʻsha besamar ishlar mahsuli, desak xato boʻlmaydi. Bugun ham oʻnlab kishilarni "sizning koʻtarib kelgan masalangiz sudga taalluqli", deb ularni sud qabuliga yoʻnaltirdik. Ayrim kishilar esa "Yoʻq mening ishimni siz hal qilib berishingiz kerak", deb turib olayotgani esa hech aqlga sigʻmaydi. Meni quvontirgani, qabulga kelgan ayrim fuqarolar adliya tizimi faoliyati bilan bogʻliq kamchiliklarni roʻy-rost aytib, sohani yanada yaxshilash uchun oʻz takliflarini bildirgani boʻldi. Biz bularni albatta inobatga olamiz. Xalqqa maksimal qulaylik yaratish uchun adliya tizimi xodimlariga eng qattiq choralarni koʻrish zarur boʻlsa, albatta koʻramiz", - deydi Adliya vaziri Ruslanbek Davletov.

Bosh prokuror: oʻzbekistonliklarning 90%i suddan norozi

Bosh prokuror qabuliga kirgan uyi olib qoʻyilgan, yeridan mahrum boʻlib qolgan, korxonasidan ayrilgan, biznesidan judo boʻlgan oʻnlab kishilar huquqlarini tiklashda amaliy yordam soʻradi. Bularning bari, albatta, alohida oʻrganish talab qiladigan, tekshiruv oʻtkazilishi shart boʻlgan masalalar hisoblanadi. Shuning uchun barchasi nazoratga olinib, tegishli masʼul shaxslarga qonuniy hal qilish uchun topshirildi.

Bosh prokuror ommaviy qabulga shikoyat koʻtarib kelgan fuqarolarning 90 foizi suddan noroziligini, ammo shikoyatchilarning hammasi ham haq emasligini taʼkidladi.

Toshkent hokimi oʻz qatʼiyatini koʻrsatdi

Toshkent shahar hokimi Jahongir Ortiqxoʻjayev qabuliga kirgan S.Niyozova 2018 yil 5 yanvarda uyi buzilgani, shundan beri bola-chaqasi bilan har yerda sarson boʻlib yashayotganini maʼlum qildi. Holbuki, Qoʻshqoʻrgʻon koʻchasida istiqomat qilgan bu ayolga uyini buzishdan oldin shahar markazidan 2 ta uy berilishi vaʼda qilingan.

Ortiqxoʻjayev bu borada kim masʼul boʻlgani, nega vaʼda bajarilmagani bilan qiziqdi. Mulozimlar har xil bahonalarni keltirdi. Hokim esa bu masala bugun hal etilishi kerakligini aytdi. Oilasi katta boʻlgan, oilali ikki oʻgʻli boʻlgan bu ayolga hozircha 2 xonali uy berilishi, sal keyinroq qurilayotgan uylardan 3 xonalisi berilishi maʼlum qilindi.

Yangiliklar lentasi
0