Jamiyat

Toshkentda avtomatik jarima toʻlash tizimini kiritishga hali erta – ekspert

© Sputnik / Ramil Sitdikov / Mediabankka oʻtishV Moskve na neskolkix ulitsax vveli besplatnuyu nochnuyu parkovku
V Moskve na neskolkix ulitsax vveli besplatnuyu nochnuyu parkovku - Sputnik Oʻzbekiston
Obuna boʻlish
NovostiTelegram
Taʼqiqlangan belgi taʼsir qilayotgan joyda toʻxtab turgan avtomobillar uchun jarma eng kam ish haqqining 3 baravari miqdori beligilangan.

TOSHKENT, 27 mar – Sputnik. Rossiyaning “Yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlash” jamoatchilik tizimi rahbari Konstantin Kroxmal, Sputnik muxbiri bilan boʻlgan suhbatda, 

Evakuatsiya avtomobilya  - Sputnik Oʻzbekiston
Toshkent koʻchalarida 25 martdan yana bir qoida kuchga kirdi - IIBB
Toshkentda avtomatik jarimaga tortish borasida oʻtkazilayotgan eksperimentlar haqida oʻz fikrini bildirdi.

Mutaxassis aytishiga qaraganda, qonunni bugan holda toʻxtab turgan transport vositalarini qayd etish borasida oʻtkazilayotgan eksperimentlar juda toʻgʻri, lekin dastlab avtomobil turar joylari, yoʻl belgilari hamda boshqa zarur infratuzilma muammolarini hal qilish kerak. 

“Bunday choralar kiritishdan oldin, yetarlicha parkovka joylari barpo etish kerak. Masalan Toshkentda va  boshqa ayrim shaharlarda “Toʻxtash taʼqiqlangan” belgilari juda koʻp. Bu haydovchilar uchun noqulaylik tugʻdiradi. Moskvada esa bunday belgilarning koʻpi “Toʻxtab turish  taʼqiqlangan” belgisiga almashtirilgan”, - deydi ekspert.

Eslatib oʻtamiz, IIBB maʼlm qilishiga koʻra, Toshkentda 25 martdan boshlab, eksperiment tariqasida, qonunni buzgan holda toʻxtab turgan transport vositalarini mobil patrullar yordamida avtomatik jarimaga tortish tizimi ishga tushgan edi.

Oʻzbekistonda taʼqiqlangan belgi taʼsir qilayotgan joyda toʻxtab turgan avtomobillar uchun jarma eng kam ish haqqining 3 baravari miqdori beligilangan.

Ranovato dlya Tashkenta: Kroxmal ob avtofiksatsii ostanovki pod znakom
Yangiliklar lentasi
0