Madaniyat

Rayhon, Ziyoda va boshqa yosh estrada xonandalari kitob sovgʻa qilish aktsiyasida ishtirok etishdi

© UzbekkontsertZvezdы uzbekskoy estradы prinyali uchastiye v aktsii
Zvezdы uzbekskoy estradы prinyali uchastiye v aktsii  - Sputnik Oʻzbekiston
Yosh sanʼatkorlar Toshkentning 4 ta maktabiga borib, oʻquvchilarga kitoblar sovgʻa qilishdi.

TOSHKENT, 28 mar – Sputnik. Kitob sovgʻa qilish aktsiyasida oʻzbek yosh estrada xonandalari ham ishtirok etishdi. Bu haqda “Oʻzbekkontsert” davlat muassasasi matbuot xizmati xabar qildi.

Xabarda aytilishicha, Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan artist Rayhon Gʻaniyeva poytaxtdagi 241–son, Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan artist Ziyoda Qobilova 299-son, xonandalar Oybek va Nigora 179-son, Jahongir Poziljonov 278-son maktablariga borishib, oʻquvchilarga bir qancha kitoblar sovgʻa qilishdi.

© UzbekkontsertZvezdы uzbekskoy estradы prinyali uchastiye v aktsii
Rayhon, Ziyoda va boshqa yosh estrada xonandalari kitob sovgʻa qilish aktsiyasida ishtirok etishdi - Sputnik Oʻzbekiston
Zvezdы uzbekskoy estradы prinyali uchastiye v aktsii

 “Oʻzbekkontsert” davlat muassasasi maʼlum qilishicha, bu aktsiyada nafaqat poytaxtdagi sanʼatkorlar balki viloyatlardagi xonandalar ham ishtirok etishlari rejalashtirilgan.

© UzbekkontsertZvezdы estradы prinyali uchastiye v aktsii
Rayhon, Ziyoda va boshqa yosh estrada xonandalari kitob sovgʻa qilish aktsiyasida ishtirok etishdi - Sputnik Oʻzbekiston
Zvezdы estradы prinyali uchastiye v aktsii

Eslatib oʻtamiz, kuni kecha Sherali Joʻrayev, Ortiq Otajonov, Yulduz Usmonova va boshqa taniqli sanʼatkorlar Toshkent shahridagi 248-sonli va Toshkent viloyatidagi 6-sonli maktabga tashrif buyurishib, kitob sovgʻa qilishgani haqida xabar qilgandik.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala