Hodisalar

Samarqandda yomgʻir yogʻishi natijasida yuzaga kelgan toshqin toʻgʻrisida rasmiy maʼlumot berildi

© MCHS UzbekistanaNavodneniye v Samarkandskoy oblasti
Navodneniye v Samarkandskoy oblasti - Sputnik Oʻzbekiston
Samarqandning qator koʻchalarida 29 martda boshlangan surunkali yomgʻir yogʻishi natijasida suv toshib chiqish holati kuzatildi.

TOSHKENT, 29 mar – Sputnik. Samarqandning qator koʻchalarida 29 martda boshlangan surunkali yomgʻir yogʻishi natijasida suv toshib chiqish holati kuzatildi.

FVV maʼlum qilishicha, yomgʻir yogʻishi natijasida Samarqand shahrining “Buyuk Ipak yoʻli”, “Afrosiyob”, “M.Qoshgʻariy”, “Mir Said Baraka”, “Obi Rahmat”, “Muqimiy”, “Oʻzbekiston”, “A.Temur”, “Konimex», “Mulyon-Sochaki bolo” chorrahasidagi koʻchalariga ariqlardan suv toshib chiqishi holatlari kuzatilgan.

© MCHS UzbekistanaLikvidatsiya posledstviy navodneniya v Samarkandskoy oblasti
Samarqandda yomgʻir yogʻishi natijasida yuzaga kelgan toshqin toʻgʻrisida rasmiy maʼlumot berildi  - Sputnik Oʻzbekiston
Likvidatsiya posledstviy navodneniya v Samarkandskoy oblasti

Xabarda yozilishicha, bundan tashqari, “Zarafshon” MFYdagi 8-uy, “Jomiy” koʻchasidagi 48-uy, “M.Qoshgʻariy” koʻchasidagi 16-uy, 18B-uy, 20-uy, “Mir Said Baraka” koʻchasidagi 73-uy, “Obi Rahmat” koʻchasidagi 4-uy, “Muqimiy” koʻchasidagi 31-uy, “Konimex” koʻchasidagi 39-uylarning hovlilariga oqava suvlari kirish holatlari qayd etilgan.

© MCHS UzbekistanaLikvidatsiya posledstviy navodneniya v Samarkandskoy oblasti
Samarqandda yomgʻir yogʻishi natijasida yuzaga kelgan toshqin toʻgʻrisida rasmiy maʼlumot berildi  - Sputnik Oʻzbekiston
Likvidatsiya posledstviy navodneniya v Samarkandskoy oblasti

Yuzaga kelgan vaziyatni bartaraf etish tadbirlariga viloyat Favqulodda vaziyatlar, Ichki ishlar, Yongʻin xavfsizligi boshqarmalari, shuningdek, Samarqand shahar hokimligi, Obodonlashtirish boshqarmasi, viloyat “Suvoqava” DUKning shaxsiy tarkibi va maxsus texnika vositalari jalb etildi.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala