Sport

Oʻzbekistonlik futbolchi Londonda operatsiya qilinadi

© Sputnik / Aleksey Filippov / Fotobankka oʻtishOfitsialnыy myach chempionata mira po futbolu 2018 Telstar 18
Ofitsialnыy myach chempionata mira po futbolu 2018 Telstar 18 - Sputnik Oʻzbekiston
Oʻzbekiston milliy terma jamoasi va BAAning "Sharja" klubi yarim himoyachisi Londonda operatsiya qilinadi.

TOSHKENT, 29 mar — Sputnik. Oʻzbekiston milliy terma jamoasi va BAAning "Sharja" klubi yarim himoyachisi Otabek Shukurov Londonda operatsiya qilinadi. Bu haqda OʻFA xabar qildi.

Otabek Shukurov “China Sup-2019” xalqaro musobaqasidan oʻrin olgan Xitoyga qarshi oʻyinda jarohat olib, maydonni erta tark etgan edi. Keyinchalik tekshiruvlar natijasida Shukurovning boldir suyagi pastdan singani va u kamida 2 oy maydonga tusha olmasligi maʼlum boʻldi.

Sbornaya Uzbekistana po futbolu na China Cup 2019 - Sputnik Oʻzbekiston
Sport
"China Cup-2019": Oʻzbekiston Xitoy ustidan gʻalaba qozonib, bronzani qoʻlga kiritdi

Otabek Shukurovga jarohat yetkazgan Xitoy milliy terma jamoasi va "Guanchjou Evergrand" klubi hujumchisi Vei Shi Xao oʻyindan keyin oʻzbekistonlik futbolchi oldiga kelib, undan uzr soʻrab, qilgan ishi uchun pushaymon ekanini maʼlum qilgan.

"Guanchjou Evergrand" klubi futbolchisining Shukurovga nisbatan qoʻpolligini qattiq qoralab, Vei Shi Xaoni klub oʻyinlaridan chetlatgani haqida xabarlar paydo boʻldi. Qolaversa, Vei Shi Xao harakatlari oʻrganib chiqilib, futbolchi bir umrga futboldan chetlatilishi ham mumkinligi eʼlon qilingandi. 

China Cup - match Uzbekistan-Urugvay - Sputnik Oʻzbekiston
Sport
"China Cup-2019": Oʻzbekiston milliy jamoasi Urugvayga yirik hisobda yutqazdi

“Professional futbolchi sifatida futbolda jismoniy toʻqnashuvlar tabiiy ekanini tushunaman, Vei Shi Xao oʻyindan keyin oldimga kelib, uzr soʻraganda, men uning uzrini qabul qilganman. Shu sababli men "Guanchjou Evergrand" klubiga rasman murojaat qilib, futbolchiga belgilangan jazo chorasini yumshatishni soʻrab qolgan boʻlardim", - dedi Otabek Shukurov.

Eslatib oʻtamiz, avvalroq Oʻzbekiston “China cup-2019" xalqaro musobaqasidan oʻrin olgan uchrashuvda Xitoy ustidan gʻalaba qozonib, bronzani qoʻlga kiritgani haqida xabar qilgan edik.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala