Rossiyaning eng yirik internet magazini O‘zbekiston bozoriga chiqadi

© Sputnik / Vitaliy Belousov / Mediabankka o‘tishVladelitsa internet-magazina Wildberries T. Bakalchuk stala vtoroy jenshinoy-milliarderom v Rossii
Vladelitsa internet-magazina Wildberries T. Bakalchuk stala vtoroy jenshinoy-milliarderom v Rossii - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Wildberries internet magazini kiyim kechak, bolalar o‘yinchoqlari va elektronika mahsulotlari sotishga ixtisoslashgan.

TOShKENT, 3 apr - Sputnik. Rossiyada eng yirik bo‘lgan internet-magazin Wildberries 2019-yilda MDHning bir necha bozorlariga, jumladan O‘zbekiston bozoriga chiqishni rejalashtirmoqda, deb xabar qilmoqda RIA Novosti.  

“Biz bu yil Yevropa va MDH mamlakatlari bozorlariga chiqishni rejalashtirmoqdamiz. Aniq qaysi davlatdan boshlashimizni ayta olmayman, lekin bizning magazinlarimiz Ozarbayjon, Gruziya va O‘zbekistonda paydo bo‘ladi”, - dedi internet magazin boshqaruvchisi Tatyana Bakalchuk.

Tatyana Bakalchuk - Sputnik O‘zbekiston
Rossiyada ikkinchi milliarder ayol paydo bo‘ldi

Bakalchuk aytishiga ko‘ra, bu yil kompaniya buyurtma berilgan mahsulotni o‘zi olib chiqib ketish nuqtalarini 2 baravar ko‘paytirish orqali rivojlanishga qaror qilgan. Undan tashqari, bu yil kompaniya yirik o‘lchamli yuklar uchun o‘zining birinchi xususiy omborxonasini quradi.

Wildberries asosichisi aytishiga qaraganda kompaniya yaqin orada IPO – aksiyalar chiqarishni niyat qilmagan, chunki ular hozircha qo‘shimcha mablag‘ga muhtoj emas.

Eslatib o‘tamiz, Wildberries Rossining eng yirik internet magazinlaridan biridir. U asosan kiyim-kechak, bolalar o‘yinchoqlari, elektronika sotishga ixtisoslashgan. 2018-yilda kompaniya daromadi $1,7 mlrd. dollarni tashkil qildi. Uning yagona aksioneri Tatyana Bakalchuk esa Rossiyaning ikkinchi milliarder ayoli deb e’lon qilindi.

Yangiliklar lentasi
0