TOSHKENT, 4 apr - Sputnik. Yil boshidan buyon qalampir eksporti Oʻzbekistonga 15 million dollardan ortiq daromad keltirdi, deb xabar qilmoqda davlat Statistika qoʻmitasi.
Yanvar-fevral oyilarida Oʻzbekistondan qalampir eksporti 10,8 baravar oʻsdi. Buning natijasida qalampir eksport qilinayotgan oziq-ovqat mahsulotlari orasida yetakchi oʻringa chiqdi.
Oʻzbekistondan eksport qilinayotgan oziq-ovqat mahsulotlarining umumiy hajmi 175,3 ming tonnani, qiymati 86,4 million dollarni tashkil qildi. Bu oʻtgan yilning shu davriga nisbatan 83,7 %ga koʻp degani.
Kelajakda ushbu raqamlar oʻsishda davom etadi, chunki fevral oyining oxirida Oʻzbekistonda meva-sabzavotlarni eksport qilish tartibi osonlashtirilgan edi. Oʻzbekistonda yetishtirilgan mahsulotlarning asosiy xaridorlari bu Qozogʻiston ($17,8 mln), Qirgʻiziston ($15,1 mln) va Rossiyadir ($10 mln).