Ertaga Chilonzordagi ayrim obʼyektlarda gaz taʼminoti vaqtincha toʻxtatiladi

© Sputnik / StringerZajjeniye gazovoy konforki
Zajjeniye gazovoy konforki - Sputnik Oʻzbekiston
Chilonzor tumani Bunyodkor koʻchasidagi ayrim obʼyektlarda 9 aprel kuni gaz taʼminoti vaqtincha toʻxtatiladi.

TOSHKENT, 8 apr — Sputnik. Toshkent shahrining Chilonzor tumanidagi ayrim obʼyektlarda gaz taʼminoti vaqtincha toʻxtatiladi. Bu haqda Toshkent shahar hokimligi matbuot xizmati xabar berdi.

Kran v vannoy komnate - Sputnik Oʻzbekiston
Toshkentda sovuq suv oʻchiriladi – toʻliq roʻyxat

Qayd etilishicha, Toshkent shahar hududiy gaz taʼminoti tarmoqlari boʻlimi oʻrta bosimli D-108 mm hajmga ega gaz quvuridagi gaz sizib chiqishi bilan bogʻliq kamchilikni bartaraf etish maqsadida Chilonzor tumani Bunyodkor koʻchasidagi ayrim obʼyektlarda 9 aprel kuni soat 11:00 dan 17:00 gacha gaz taʼminoti vaqtincha toʻxtatilishini maʼlum qilgan.

Aholi turar joylari:

4 ta 4 qavatli uyda.

Maishiy-kommunal obʼyektlar:

Toshkent shahridagi Singapur menejmentni rivojlantirish institutining suv havzasida;

Toshkent shahridagi Singapur menejmentni rivojlantirish institutining qozonxonasida.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala