Iqtisod

“Oʻzkimyosanoat” 2031 yilga qadar 23 ta yangi korxona quradi

© Sputnik / Yevgeniy Yepanchintsev / Fotobankka oʻtishGoroda Rossii. Kemerovo
Goroda Rossii. Kemerovo - Sputnik Oʻzbekiston
“Oʻzkimyosanoat” 2030 yilga qadar umumiy qiymati 12 milliard dollar boʻlgan 23 ta yangi korxona quradi.  

TOSHKENT, 8 apr - Sputnik. “Oʻzkimyosanoat” 2019-2030 yilllarda umumiy qiymati 12,072 milliard dollarlik loyihalarni amalga oshiradi. Bu haqida Shavkat Mirziyoyev imzolagan yangi qarorda aytib oʻtilgan.  

Qarorda, xususan, umumiy qiymati 10,3 milliard dollar boʻlgan 23ta yangi korxona qurish va mavjud korxonalarni yangilashga qaratilgan, qiymati 1,78 milliard dollar boʻlgan 8ta loyiha amalga oshirish nazarda tutilgan.

Ushbu investitsiyalarning 9,2 milliard dollari – kreditlar hisobidan, 1,748 milliard dollari – toʻgʻridan-toʻgʻri xorijiy sarmoyalar va 1,141 milliard dollari – Oʻzkimyosanoat mablagʻi asosida amalga oshirish rejalashtirilgan.

Ximicheskiye udobreniya - Sputnik Oʻzbekiston
Iqtisod
2022 yilgacha Oʻzkimyosanoat korxonasi 3,1 mlrd $lik loyihalarni amalga oshiradi

Maʼlumot uchun, Oʻzkimyosanoat 2019-2026 yillar davomida xorijiy sarmoyalar yordamida yiliga MTO (methanol to olefins) texnologiyasiga asosan 1 million tonna olefin ishlab chiqarishni yoʻlga qoʻyishni rejalashtirgan.

Undan tashqari, Oʻzkimyosanoat 2020 yilga qadar "Navoiazot" va Mitsubishi Heavy Industries bilan birgalikda umumiy qiymati – 985,7 million dollar boʻlgan, yiliga 660 ming tonna ammiak va 577,5 ming tonna karbomid  ishlab chiqaruvchi korxonani ishga tushirishni rejalashtirigan.

Shu bilan birga 2025 yilda Navoiyda qiymati 1,55 milliard dollar boʻlgan fosforli oʻgʻitlar ishlab chiqaruvchi korxona, Sirdaryoda ammiak va karbomid ishlab chiqaruvchi korxonalarni ishga tushirish ham rejalashtirilgan.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala