Nazarboyevning qizi Qozog‘iston prezidenti sayloviga o‘z nomzodini qo‘yadimi?

© Sputnik / Mixail Voskresenskiy / Mediabankka o‘tishVneocherednie prezidentskie vibori v Respublike Kazaxstan
Vneocherednie prezidentskie vibori v Respublike Kazaxstan - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Dariga Nazarboyevaning yordamchisi sobiq prezidentning qizi davlat rahbari lavozimi uchun o‘z nomzodini ilgari suradimi, degan savolga javob berdi.

TOShKENT, 9 apr – Sputnik. Qozog‘iston Parlamenti Senatining spikeri, mamlakat birinchi prezidenti Nursulton Nazarboyevning katta qizi Dariga Nazarboyeva 2019-yil 9-iyun kuni bo‘lib o‘tadigan navbatdan tashqari prezident saylovlarida o‘z nomzodini qo‘ymoqchi emas. Bu haqda RIA Novosti kursiv.kz portaliga tayanib xabar qilmoqda.

Nazarbayeva Dariga. Deputat senata parlamenta Respubliki Kazaxstan - Sputnik O‘zbekiston
Dariga Nazarbayeva Qozog‘iston Senati raisi etib saylandi

“Yo‘q, Dariga Nursultanovna o‘z nomzodi qo‘ymoqchi emas”, - deya ma’lum qilgan Nazarboyevaning yordamchisi Saule Mustafayeva.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Qozog‘iston prezidenti Kasim-Jomart Tokayev qozog‘istonliklarga murojaat qilib, shu yilning 9-iyun kuni navbatdan tashqari prezident saylovi bo‘lib o‘tishi to‘g‘risida qaror qabul qilgani haqida xabar qilgan edik.

Yangiliklar lentasi
0