FVV Buxorodagi kuchli yomg‘ir oqibatlari haqida ma’lumot berdi

© MChS UzbekistanaSilnie dojdi zatopili ulisi Buxari - foto
Silnie dojdi zatopili ulisi Buxari - foto - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Kuchli yomg‘ir natijasida Buxoro shahrining ayrim ko‘chalarini suv bosgan.

TOShKENT, 10 apr – Sputnik. O‘zbekiston Favqulodda vaziyatlar vazirligi joriy yilning 9-aprel kuni Buxoroda kuzatilgan kuchli yomg‘ir oqibatlari haqida ma’lumot berdi.

Soat 04:00larda boshlangan kuchli yomg‘ir natijasida Buxoro shahrining "Amirobod", "Hofiz Tanish Buxoriy", "Rohat", "Chorboqoli", "Mirzo G‘ofur", "Havzinav", "Ozod", "Nizomiy", "Tursunoy", "Kamolot", "Tinchlik", "Yangiobod", "Tagband Bofon", "Furqat" "Xo‘ja Porso" ko‘chalari, shuningdek, Buxoro tumani "Sheyxoncha" ko‘chasiga ariqlardan suv toshib chiqishi holatlari kuzatilgan.

© MChS UzbekistanaSilnie dojdi zatopili ulisi Buxari - foto
FVV Buxorodagi kuchli yomg‘ir oqibatlari haqida ma’lumot berdi - Sputnik O‘zbekiston
Silnie dojdi zatopili ulisi Buxari - foto

Bundan tashqari, "Havzinav" ko‘chasi 21-uy, Amirobod ko‘chasidagi 13-uy, "Bo‘ri Bofon" ko‘chasidagi 23-uy, "Obod" ko‘chasidagi 74-uy, "Rohat" ko‘chasidagi 31-uy, "Ko‘chabog‘" ko‘chasidagi 20-uy, "Toshko‘cha" ko‘chasidagi 80-uy, "Mirzo G‘ofur" ko‘chasidagi 19-uy, "Mustaqillik" ko‘chasidagi 32-uylarning hovlilariga oqava suvlari kirish holatlari qayd etilgan.

© MChS UzbekistanaSilnie dojdi zatopili ulisi Buxari - foto
FVV Buxorodagi kuchli yomg‘ir oqibatlari haqida ma’lumot berdi - Sputnik O‘zbekiston
Silnie dojdi zatopili ulisi Buxari - foto

Yuzaga kelgan vaziyatni bartaraf etish tadbirlariga viloyat Favqulodda vaziyatlar, Ichki ishlar, Yong‘in xavfsizligi boshqarmalari, shuningdek, Buxoro shahar hokimligi, Obodonlashtirish boshqarmasi, viloyat "Suvoqava" DUKning shaxsiy tarkibi va maxsus texnika vositalari jalb etildi.

© MChS UzbekistanaSilnie dojdi zatopili ulisi Buxari - foto
FVV Buxorodagi kuchli yomg‘ir oqibatlari haqida ma’lumot berdi - Sputnik O‘zbekiston
Silnie dojdi zatopili ulisi Buxari - foto

Mazkur holatlarda binolarning qulashi va fuqarolarning tan jarohati olishi bilan bog‘liq holatlar kuzatilmagan.

FVV O‘zbekiston ahli sel tufayli qanday zarar ko‘rgani haqida to‘liq axborot berdi

Yangiliklar lentasi
0