Emomali Rahmon Moskvada qaysi masalalarni muhokama qiladi?

© Sputnik / Mixail Voskresenskiy / Mediabankka o‘tishEmomali Raxmon pribil v Moskvu
Emomali Raxmon pribil v Moskvu - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Tojikiston prezidenti Emomali Rahmon Rossiyaga rasmiy tashrif bilan keldi.

TOShKENT, 16 apr - Sputnik. Tojikiston prezidenti Emomali Rahmon Rossiyaga rasmiy tashrif bilan keldi. Bu haqda RIA Novosti xabar qilmoqda.

Davlat rahbarining samolyoti "Vnukovo-2" aeroportiga kelib qo‘ngan. Mehmonni Rossiya TIV o‘rinbosarining stats kotibi, Tojikistonning Rossiyadagi elchisi Imomuddin Sattorov, Rossiyaning Tojikistondagi elchisi Igor Lyakin-Frolov va boshqalar kutib olishgan.

Emomali Raxmon v Tashkente - Sputnik O‘zbekiston
Emomali Rahmon o‘zini musiqiy kliplarda ko‘rishni xohlamaydi

Kreml matbuot xizmatining ma’lum qilishicha, Emomali Rahmon Rossiyada 16-17 aprel kunlari davlat tashrifi bilan bo‘ladi. Tashrif davomida Rossiya prezidenti Vladimir Putin bilan uchrashuv rejalashtirilgan. Davlat rahbarlari ikki tomonlama munosabatlar va siyosiy, savdo-iqtisodiy, madaniy-gumanitar va boshqa sohalarda hamkorlikni rivojlantirishni muhokama qilishlari kutilmoqda. Shuningdek, davlat rahbarlari dolzarb mintaqaviy masalalar yuzasidan ham fikr almashishadi.

Tashrif yakunlari bo‘yicha 15 ta hamkorlik to‘g‘risidagi bitim va memorandum imzolanishi rejalashtirilgan.

Yangiliklar lentasi
0