TOSHKENT, 17 apr – Sputnik. Oʻzbekistonda 19 nafar Qirgʻiziston fuqarolari qamoq jazosini oʻtamoqda. Bu haqda Qirgʻiziston bosh prokurori Otkurbek Jamshitov mamlakat parlamentida oʻz hisobotida maʼlum qildi.
Sputnik Qirgʻiziston xabariga koʻra, xorij mamlakatlardagi qamoqxonalarda jami 1882 nafar Qirgʻiziston fuqarolari saqlanmoqda: Rossiyada – 1335, Qozogʻistonda – 212, Tojikistonda – 34, Oʻzbekistonda – 19, Xitoyda – 18, Germaniyada – 14, Turkiyada – 8.
Bundan avval IIV Jazoni ijro etish bosh boshqarmasi boshligʻi, podpolkovnik Jamshid Sultonov bergan maʼlumotlarga qaraganda, 2017 yil bilan solishtirilganda Oʻzbekiston jazoni ijro etish muassasalarida saqlanayotgan mahbuslarning soni 10 foizga kamaydi.
Hozircha har 100 ming kishi uchun oʻrtacha 140 nafar mahbus toʻgʻri keladi.
Sultonovning fikricha, mahbuslar sonining kamayishi mamlakatda jinoyatchilikning kamayishi bilan bogʻliq.