Iqtisod

Rossiya Oʻzbekistonda sunʼiy yonilgʻi ishlab chiqarish zavodi quradi

© Sputnik / Dilshoda Raxmatova"Uzbekneftegaz" realizuyet krupnыy investitsionnыy proyekt "Uzbekistan GTL"
Uzbekneftegaz realizuyet krupnыy investitsionnыy proyekt Uzbekistan GTL - Sputnik Oʻzbekiston
Rossiya Oʻzbekiston janubida umumiy qiymati 450 million dollar boʻlgan sunʼiy yonilgʻi ishlab chiqrish (GTL) zavodi qurish loyihasini koʻrib chiqmoqda.

TOSHKENT, 24 apr - Sputnik. Rossiya eksport markazi Oʻzbekistonda 600 million dollarlik loyihalar amalga oshirishni rejalashtirmoqda, deb xabar qildi  markazining Oʻzbekistondagi vakili Dmitriy Proxorenko Toshkentda boʻlib oʻtayotgan Expo-Russian Uzbekistan-2019 koʻrgazmasida.

“Biz hozir 600 million dollarlik loyihalarni koʻrib chiqmoqdamiz. Bu loyihalar shu yil taklif etilgan yangi tashabbuslar”, - dedi Proxorenko koʻrgazmada.

Uning soʻzlariga koʻra, Oʻzbekistonda Rossiya ishtirokida Toshkentda metallurgiya zavodi, Oʻzbekiston janubida umumiy qiymati 450 million dollar boʻlgan sunʼiy yonilgʻi ishlab chiqrish GTL zavodi qurish rejalashtirilgan.

Oborudovaniye dlya zavoda GTL v Kashkadarinskoy oblasti - Sputnik Oʻzbekiston
Jamiyat
Qashqadaryodagi GTL zavodiga ulkan oʻlchamli uskunalar olib kelinmoqda

Eslatib oʻtamiz, bugun Toshkentda boshlangan Expo-Russian Uzbekistan-2019 koʻrgazmasi Rossiyaning OAO "Zarubej-Ekspo", Rossiya Eksport markazi, Xalqaro tinchlik fondlari assotsiatsiyasi va Oʻzbekiston Savdo-Sanoat palatasi ishtirokida tashkil etilgan.

Maʼlumot uchun, Rossiya Oʻzbekistonning eng yirik savdo hamkorlaridan biridir. Rossiya tomonidan Oʻzbekiston iqtisodiga kiritilgan sarmoyalar 9 milliard dollar atrofida. Ikki mamlakat orasida savdo aylanmasi 6 milliard dollarga yaqin.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala