Hodisalar

Toshkentda ulkan daraxt qulab, yettita mashinani pachoqladi

© DarakchiOgromnыe derevya povalilo v Tashkente
Ogromnыe derevya povalilo v Tashkente - Sputnik Oʻzbekiston
Ijtimoiy tarmoqlarda Toshkentdagi kuchli yomgʻir va uning oqibatlari aks etgan suratlar va videolar tarqalishda davom etmoqda.

TOSHKENT, 24 apr — Sputnik. Ijtimoiy tarmoqlarda Toshkentdagi kuchli yomgʻir va uning oqibatlari aks etgan suratlar va videolar tarqalishda davom etmoqda.

© DarakchiOgromnыe derevya povalilo v Tashkente
Toshkentda ulkan daraxt qulab, yettita mashinani pachoqladi - Sputnik Oʻzbekiston
Ogromnыe derevya povalilo v Tashkente

Foydalanuvchilar Toshkentda kuzatilgan kuchli yomgʻir sabab markaziy koʻchalardan birida harakatlanayotgan avtomobillar ustiga daraxt agʻdarilishi aks etgan suratlar bilan oʻrtoqlashdi.

Ana shunday holatlardan biri Xalqaro Vestminster universiteti yonida suratga olingan.

© DarakchiOgromnыe derevya povalilo v Tashkente
Toshkentda ulkan daraxt qulab, yettita mashinani pachoqladi - Sputnik Oʻzbekiston
Ogromnыe derevya povalilo v Tashkente

Kuchli yomgʻir natijasida daraxt ildizidan qoʻparilib, mashinalar ustiga qulab tushgan. Dastlabki maʼlumotlarga qaraganda, yettitaga yaqin mashina abgor holatga kelgan.

Eslatib oʻtamiz, bugun Toshkentni yana suv bosdi. Shahar aholisi hattoki yoʻlkalardan oʻtishning iloji yoʻq ekanligi aytib, oʻz noroziliklarini bayon qilishdi.

Toshkent shahar hokimligi matbuot xizmati Sputnik Oʻzbekiston muxbiriga maʼlum qilishicha, suv toshqinlarining sabablaridan biri bu drenaj tizimlariga tashlangan chiqindilardir.

Suv toshqinlarini bartaraf etish uchun maxsus Shtab tashkil qilindi

Hokimlik vakilining soʻzlariga koʻra, 40 dan ortiq hududida yogʻingarchilik oqibatlarini bartaraf etish ishlari amalga oshirilib, ushbu tadbirlar uchun 50 dan ortiq maxsus texnikalar jalb etildi.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala