Sport

Tojikiston prezidentining oʻgʻli Umid Ahmadjonov oʻrnini egalladi

© Federatsiya futbola TadjikistanaRustam Emomali izbran novыm prezidentom Tsentralno-Aziatskoy futbolnoy assotsiatsii (CAFA)
Rustam Emomali izbran novыm prezidentom Tsentralno-Aziatskoy futbolnoy assotsiatsii (CAFA) - Sputnik Oʻzbekiston
Dushanbe shahrida Markaziy Osiyo futbol assotsiatsiyasining navbatdagi kengashi boʻlib oʻtdi.

TOSHKENT, 24 apr — Sputnik. Tojikiston poytaxti Dushanbe shahrida Markaziy Osiyo futbol assotsiatsiyasining navbatdagi kengashi boʻlib oʻtdi. Bu haqda Tojikiston Futbol federatsiyasi matbuot xizmati xabar qildi.

Dushanbe shahridagi Hyatt Regency Dushanbe mehmonxonasida oʻtkazilgan yigʻilishda Markaziy Osiyo futbol federatsiyasi assotsiatsiyasining (Central Asian Football Association) yangi rahbari sifatida Tojikiston Futbol federatsiyasi prezidenti Rustam Emomali saylandi.

Umid Axmadjanov - novыy prezident FFU - Sputnik Oʻzbekiston
Sport
Umid Ahmadjonov: Bizga boqimanda klublarning quruq savlati kerak emas

U endilikda tashkilot rahbari lavozimida ishlab kelgan Oʻzbekiston Futbol assotsiatsiyasi vitse-prezidenti Umid Ahmadjonovning oʻrnida faoliyat yuritadi.

Shuningdek, CAFA shtab-kvartirasi Toshkentdan shahridan Dushanbega koʻchiriladi. 

Qayd etilishicha, kengashda Qirgʻiziston Futbol federatsiyasi vitse-prezidenti Dastanbek Konokbayev tashkilot birinchi vitse-prezidenti etib, Turkmaniston Futbol federatsiyasi bosh kotibi Arslan Aynazarov esa CAFA ning vitse-prezidenti etib saylangan.

Maʼlumot uchun, 2014 yil 10 iyunda tashkil etilgan tashkilot Afgʻoniston, Eron, Qirgʻiziston, Tojikiston, Turkmaniston va Oʻzbekiston futbol assotsiatsiyasini birlashtirib turadi. Ushbu tashkilotga Mirabror Usmonov va Umid Ahmadjonov kabi oʻzbekistonlik futbol rasmiylari ham rahbarlik qilgan.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala