Jamiyat

Oʻzbekiston va Rossiya bosh vazirlari may oyi oxirida Moskvada uchrashadi

© Sputnik / Yekaterina Shtukina Premyer-ministr RF D. Medvedev vstretilsya s premyer-ministrom Uzbekistana A. Aripovыm
 Premyer-ministr RF D. Medvedev vstretilsya s premyer-ministrom Uzbekistana A. Aripovыm  - Sputnik Oʻzbekiston
Oʻzbekiston va Rossiya bosh vazirlari may oyi oxirida Moskvada uchrashadi, prezidentlar uchrashuvi esa dekabrda boʻlib oʻtadi.

TOSHKENT, 24 apr - Sputnik. Oʻzbekiston va Rossiya bosh vazirlari may oyi oxirida Moskvada uchrashadi, ikki davlat davlat rahbarlari esa yil oxirida uchrashadi, dedi Rossiya Iqtisodiy rivojlanish vaziri Maksim Oreshkin Oʻzbekiston-Rossiya hukumatlararo komissiya majlisida, RIA Novosti xabariga asosan.

“Bosh vazirlar uchrashuvi may oyi oxirida rejalashtirilgan – bu juda muhim voqea. Yil oxirida esa Oʻzbekiston prezidentining Rossiyaga tashrifi kutilmoqda”, - dedi Oreshkin.

Vazir aytishiga qaraganda, Rossiyada hukumatlararo uchrashuvlar faqat bir necha mamlakatlar bilan yoʻlga qoʻyilgan. Ulardan biri – Oʻzbekiston. May oyida boʻlib oʻtishi rejalashtirilayotgan uchrashuvda qishloq xoʻjaligi sohasida hamkorlikni rivojlantirish borasida yoʻl xaritasini tuzish hamda Rossiya va Oʻzbekiston bojxona protokolini imzolash rejalashtirilgan.

Predsedatel pravitelstva RF Dmitriy Medvedev i premyer-ministr Uzbekistana Abdulla Aripov (sprava) vo vremya vstrechi - Sputnik Oʻzbekiston
Siyosat
Abdulla Aripov 7 sentyabrda Rossiya bosh vaziri bilan uchrashadi

Oʻzbekiston va Rossiya orasida savdo munosabatlari ayrim YEOII davlatlaridan koʻra ildamroq rivojlanmoqda. “Bugungi kunda erishilgan 14,5 milliard yillik savdo aylanmasi – bu boshlanishi xolos”, - dedi Oreshkin.

Oʻzbekiston iqtisodiyot vaziri Botir Xoʻjayev ham, oʻz navbtida, bosh vazirlar uchrashuviga tayyorgarlik iladm qadamlar bilan olib borilayotganini qayd etdi. Xususan, Rossiya bilan raqamli transport tizimi yaratish, taʼlim sohasida hamkorlik qilish, byudjet va soliq siyosati hamda hududlararo hamkorlikni yoʻlga qoʻyish rejalashtrilayotganini aytib oʻtildi.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala