Jamiyat

Vladimir Putin Alisher Usmonovni medal bilan taqdirladi

© Sputnik / Aleksey Nikolskiy / Fotobankka oʻtishV.Putin vruchil gosudarstvennыe nagradы v Kremle
V.Putin vruchil gosudarstvennыe nagradы v Kremle - Sputnik Oʻzbekiston
Aprel oyila Alisher Usmonov Forbes talqiniga asosan Rossiyaning eng badavlat tadbirkorlar roʻyxatida toʻqqizinchi oʻrinni egalladi.

TOSHKENT, 25 apr – Sputnik. Rossiya prezidenti Vladimir Putin taniqli tadbirkor va asli kelib chiqishi oʻzbekistonlik boʻlgan milliarder Alisher Usmonovga Rus geografiya jamiyatining Konstantin medalini topshirdi. Bu haqda Kreml rasmiy sayti xabar qildi.

Prezident Uzbekistana Shavkat Mirziyoyev vstretilsya s Predsedatelem KNR - Sputnik Oʻzbekiston
Siyosat
Shavkat Mirziyoyev Si Tszinpinni Oʻzbekistonga taklif qildi

Mazkur medal 1846 yilda RGJ birinchi raisi buyuk knyaz Konstantin tomonidan taʼsis etilgan boʻlib, jamiyatning ilk va eng nufuzli mukofoti hisoblanadi.

Medal geografiya fani va jamiyat faoliyatiga qoʻshgan ulkan hissasi uchun beriladi.

Usmonov oʻz nutqida kelgusida ushbu tashkilot rivojlanishiga koʻmak berishini taʼkidlab oʻtdi.

Eslatib oʻtamiz, aprel oyida Usmonov Forbes talqiniga koʻra Rossiyaning eng badavlat tadbirkorlar roʻyxatida toʻqqizinchi oʻrinni egalladi. Uning boyligi 12,6 milliard dollarga baholandi.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala