Vladimir Putin Alisher Usmonovni medal bilan taqdirladi

© Sputnik / Aleksey Nikolskiy / Mediabankka o‘tishV.Putin vruchil gosudarstvennie nagradi v Kremle
V.Putin vruchil gosudarstvennie nagradi v Kremle - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Aprel oyila Alisher Usmonov Forbes talqiniga asosan Rossiyaning eng badavlat tadbirkorlar ro‘yxatida to‘qqizinchi o‘rinni egalladi.

TOShKENT, 25 apr – Sputnik. Rossiya prezidenti Vladimir Putin taniqli tadbirkor va asli kelib chiqishi o‘zbekistonlik bo‘lgan milliarder Alisher Usmonovga Rus geografiya jamiyatining Konstantin medalini topshirdi. Bu haqda Kreml rasmiy sayti xabar qildi.

Prezident Uzbekistana Shavkat Mirziyoyev vstretilsya s Predsedatelem KNR - Sputnik O‘zbekiston
Shavkat Mirziyoyev Si Szinpinni O‘zbekistonga taklif qildi

Mazkur medal 1846-yilda RGJ birinchi raisi buyuk knyaz Konstantin tomonidan ta’sis etilgan bo‘lib, jamiyatning ilk va eng nufuzli mukofoti hisoblanadi.

Medal geografiya fani va jamiyat faoliyatiga qo‘shgan ulkan hissasi uchun beriladi.

Usmonov o‘z nutqida kelgusida ushbu tashkilot rivojlanishiga ko‘mak berishini ta’kidlab o‘tdi.

Eslatib o‘tamiz, aprel oyida Usmonov Forbes talqiniga ko‘ra Rossiyaning eng badavlat tadbirkorlar ro‘yxatida to‘qqizinchi o‘rinni egalladi. Uning boyligi 12,6 milliard dollarga baholandi.

Yangiliklar lentasi
0