Qozog‘iston prezidenti pravoslav nasroniylarni Pasxa bilan tabrikladi

© AkordaKasim-Jomart Tokayev
Kasim-Jomart Tokayev - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Qozog‘iston prezidenti mamlakatda barcha millat va elatlar, diniy konfessiyalar orasida tinchlik, o‘zaro hurmat va hamjihatlik hukm surayotganini qayd etdi.

TOShKENT, 28 apr - Sputnik. Qozog‘iston prezidenti Qosim-Jomart Toqayev pravoslav nasroniylarni Pasxa bayrami bilan tabrikladi. Bu haqida Akorda xabar qilmoqda.

“Pravoslav nasroniylarni Pasxa bayrami bilan tabriklayman! Ushbu kun insonlar qalbini mehr va quvonch bilan to‘ldiradi, oliy qadriyatlar,  ma’naviy yetuklik hamda ezgu ishlar sari yetaklaydi”, - deyilgan prezident tabrik so‘zida.  

Toqayev, shuningdek, Pasxa bayrami kabi an’anaviy urf-odatlar oila o‘chog‘ining muqaddasligi, yaqin kishilarga muhabbat, mehr-shafqat va rahmdillik his-tuyg‘ulari haqida eslatishini qayd etdi.

“Qozog‘iston Respublikasining Birinchi prezidenti – Yelbasining dono siyosati tufayli – bizning mamlakatda barcha millat va elatlar, diniy konfessiyalar orasida tinchlik, o‘zaro hurmat va hamjihatlik hukm surmoqda.

Barcha qozog‘istonliklar rivojlanish va gullab-yashnash yo‘lida - yakdil", - deb so‘zlarini yakunladi Qozog‘iston prezidenti.

Yangiliklar lentasi
0