Dunyoda

Turkmaniston prezidenti toychoq haqida rep kuyladi - video

© Sputnik / Sergey Guneyev / Fotobankka oʻtish Prezident Turkmenistana Gurbangulы Berdыmuxamedov
 Prezident Turkmenistana Gurbangulы Berdыmuxamedov - Sputnik Oʻzbekiston
Qoʻshiqda toychoq butun mamlakat uchun farovonlik darakchisi va ilhom manbai ekanligi aytiladi.

TOSHKENT, 29 apr – Sputnik. Turkmaniston prezidenti Gurbanguli Berdimuhamedov yakshanba kuni, 28 aprelda Rovach laqabli axaltaka toychogʻi haqida rep kuyladi. Bu haqda RIA Novosti xabar qildi.

Jerebenok  - Sputnik Oʻzbekiston
Dunyoda
Turkmaniston prezidenti yangi sheʼrini toychoqqa bagʻishladi

Xabarda yozilishicha, Turkmaniston rahbari oʻzi yozgan qoʻshiq bilan Xalqaro ot sporti majmuasida turkman oti milliy bayrami sharafiga oʻtkazilgan ot choptirish bayramida chiqish qilgan. Qoʻshiq musiqasini uning nevarasi Kerimguli bastalagan. Shuningdek, u bobosiga qoʻshiq kuylashda joʻr boʻlgan.

Qoʻshiqda toychoq butun mamlakat uchun farovonlik darakchisi va ilhom manbai ekanligi aytiladi.

Turkmaniston prezidenti uch tilda qoʻshiq kuyladi

Eslatib oʻtamiz, joriy yil boshida Berdimuhamedov Turkmaniston ichki ishlar vazirligi xoʻjalik boshqarmasi obʼyektlaridagi vaziyat bilan tanishgandi. Tanishish chogʻida vazir Iskandar Mulikov IIV shaxsiy tarkibi nomidan unga 2019 yilning ilk kunida tugʻilgan ushbu toychoqni sovgʻa qilgandi.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala