Turkmaniston prezidenti toychoq haqida rep kuyladi - video

© Sputnik / Sergey Guneyev / Mediabankka o‘tish Prezident Turkmenistana Gurbanguli Berdimuxamedov
 Prezident Turkmenistana Gurbanguli Berdimuxamedov - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Qo‘shiqda toychoq butun mamlakat uchun farovonlik darakchisi va ilhom manbai ekanligi aytiladi.

TOShKENT, 29 apr – Sputnik. Turkmaniston prezidenti Gurbanguli Berdimuhamedov yakshanba kuni, 28-aprelda Rovach laqabli axaltaka toychog‘i haqida rep kuyladi. Bu haqda RIA Novosti xabar qildi.

Jerebenok  - Sputnik O‘zbekiston
Turkmaniston prezidenti yangi she’rini toychoqqa bag‘ishladi

Xabarda yozilishicha, Turkmaniston rahbari o‘zi yozgan qo‘shiq bilan Xalqaro ot sporti majmuasida turkman oti milliy bayrami sharafiga o‘tkazilgan ot choptirish bayramida chiqish qilgan. Qo‘shiq musiqasini uning nevarasi Kerimguli bastalagan. Shuningdek, u bobosiga qo‘shiq kuylashda jo‘r bo‘lgan.

Qo‘shiqda toychoq butun mamlakat uchun farovonlik darakchisi va ilhom manbai ekanligi aytiladi.

Turkmaniston prezidenti uch tilda qo‘shiq kuyladi

Eslatib o‘tamiz, joriy yil boshida Berdimuhamedov Turkmaniston ichki ishlar vazirligi xo‘jalik boshqarmasi obyektlaridagi vaziyat bilan tanishgandi. Tanishish chog‘ida vazir Iskandar Mulikov IIV shaxsiy tarkibi nomidan unga 2019-yilning ilk kunida tug‘ilgan ushbu toychoqni sovg‘a qilgandi.

Yangiliklar lentasi
0