Dunyoda

Qarzingni toʻlab qoʻyib, xotirjam yasha – sud ijrochilari qoʻshiq kuyladi

© Sputnik / Aleksandr Vilf / Fotobankka oʻtishRabota FSSP
Rabota FSSP - Sputnik Oʻzbekiston
Sud ijrochilar fikriga koʻra,  ushbu qoʻshiq qarzdorlarni vijdonini uygʻotishga va oʻz qarzlarini toʻlashga undashi kerak.

TOSHKENT, 29 apr – Sputnik. Rossiyaning Irkutsk viloyati sud ijrochilari xodimlari qarzlar undirishning noodatiy uslubidan foydalanishdi. Rossiyalik “MIBchilar” qarzdorlarga qoʻshiq bilan murojaat qilishdi, deb xabar qilmoqda RIA Novosti.

“Bugun aksariyat odamlar muhim maʼlumotlarni ijtimoiy tarmoqlar orqali bilib oladi. Ular orasida albatta video shaklidagi maʼlumot juda ommabop. Biz, shunday noodatiy yoʻl bilan – musiqali klip yordamida, qarzdorlarga murojaat qilib, ularni oʻz qarzdorlarni toʻlashga undashimiz mumkin deb qaror qildik. Shuningdek, qoʻshiqni eshitgan boshqa fuqarolar ham qarzlari bor yoki yoʻqligi bilan qiziqib koʻrishlari ham mumkin”, -  deydi Irkuts Sud ijrochilari xizmati xodimi.

Sud ijrochilar fikriga koʻra,  ushbu qoʻshiq qarzdorlarni vijdonini uygʻotishga va oʻz qarzlarini toʻlashga undashi kerak. Xususan, qoʻshiqda quyidagi soʻzlar bor:

Qarzlar oshib ketaveradi,
Kutib yurmay qarzlaringni toʻla.
Qarzingni toʻlab qoʻyib,
Xotirjam yasha.

Qoʻshiq ukrainalik  KAZKA guruhining "Plakala" qoʻshigʻiga kaver uslubida yaratilgan. Uni Sud ijrochilik xizmati psixiologi Anastasiya Rыjova ijro etgan.  YouTube xostingida joylashtirilgan videoni tez orada bir necha ming kishi tomosha qilgan.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala