Hodisalar

Toshkentlik erkak mast holatda oʻz qizini pichoqladi

CC0 / pixabay / Siluet cheloveka s nojom v ruke
Siluet cheloveka s nojom v ruke - Sputnik Oʻzbekiston
Natijada qiz kasalxonaga yotqizilgan, ota esa ushlangan

TOSHKENT, 2 may - Sputnik. Toshkentlik erkak mast holatda oʻz qizini pichoqladi, deb xabar bermoqda Oʻzbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va OAV bilan aloqalar boshqarmasi.

Devushka podvergayetsya nasiliyu. Illyustrativnoye foto - Sputnik Oʻzbekiston
Hodisalar
Ogʻir qotillik: Zangiotada erkak xotini va ikki oʻgay farzandini oʻldirdi

"2019 yil 30 aprel kuni Toshkent viloyatining Yangiyoʻl shahrida yashovchi T.X. mast holda uyida oilaviy janjal tufayli qizi S.U.ga pichoq bilan jarohat yetkazgan", - deyiladi xabarda.

Natijada qiz kasalxonaga yotqizilgan, ota esa ushlangan.

Qizning ahvoli qandayligi haqida axborot berilmagan.

Holat yuzasidan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Eslatib oʻtamiz, ilgariroq Oʻzbekiston IIV Oʻzbekistonda yaqin qarindoshlar oʻrtasidagi kelishmovchilik tufayli sodir boʻlgan qotilliklar soni: 2017 yilda 106ta boʻlib, 2018 yilda 86tani tashkil qilgani haqida xabar bergan edi.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala