Pentagon: "Bir kamar - bir yo‘l" Xitoyga xorijdagi harbiy bazalarni ko‘paytirish uchun kerak

© Sputnik / Igor Ageyenko / Mediabankka o‘tishkitayskaya armiya
kitayskaya armiya - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Pentagon Xitoy harbiy taraqqiyotiga bag‘ishlangan an’anaviy dokladini e’lon qildi. 136-sahifali hujjatda Xitoy jahon sahnasida qay tariqa "mamlakat ta’sirini kengaytirayotgani" bayon etilgan.

TOShKENT, 3-may - Sputnik. Xitoy "Bir kamar - bir yo‘l" singari loyihalar orqali chet davlatlarda o‘z harbiy bazalari sonini ko‘paytirishni ko‘zlamoqda, deyiladi Pentagon dokladida.

Szan Yan, Posol KNR v Uzbekistane - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekistondagi Xitoy elchisi "Bir kamar, bir yo‘l" loyihasi istiqbollari haqida gapirdi

Doklad mualliflari "Xitoy yetakchilari o‘sib borayotgan iqtisodiy, diplomatik va harbiy vazndan regional ustunlik o‘rnatish hamda mamlakatning xalqaro ta’sirini kengaytirish uchun foydalanmoqda", - degan fikrni ilgari surishgan.

Ular shuningdek, Xitoy "Bir kamar - bir yo‘l" singari loyihalarni ilgari surishi - bu loyihalar xavfsizligini ta’minlash bahonasida chet elda harbiy bazalarni ko‘paytirish zaruratiga olib kelishi mumkin", - deb ta’kidlaganlar.

AQSh harbiy idorasi shuningdek, Xitoy do‘stona munosabatlar o‘rnatgan va strategik manfaatlari o‘xshash bo‘lgan Pokiston singari mamlakatlarda ham qo‘shimcha harbiy bazalarni tashkil etishga intilishini iddao qilgan.

AQSh Pekinni "xavfsizlik va harbiy sohada o‘z strategik maqsadlarini amalga oshirishga qulay bo‘lgan natijalarga erishish uchun AQSh va boshqa davlatlardagi OAV, biznes vakillari, akademik va siyosiy doiralar, shuningdek xalqaro institutlarga ta’sir ko‘rsatish bo‘yicha operatsiyalarni o‘tkazayotganlikda ayblamoqda.

"Bir kamar - bir yo‘l" konsepsiyasi - Markaziy Osiyo, Yevropa va Afrikadagi 60dan ortiq davlatlarni birlashtiruvchi yangi savdo-transport yo‘laklarini tashkil etish va eskilarini mukammallashtirish bo‘yicha Xitoy tomonidan ilgari surilgan xalqaro tashabbusdir. Loyiha ushbu davlatlarning Xitoy bilan savdo munosabatlarini rivojlanishiga yordam berishi kerak.

"Ipak yo‘li iqtisodiy kamari"ni shakllantirish g‘oyasi XXR yetakchisi Si Szinpin tomonidan ilgari surilgan va u bu haqda ilk marotaba 2013-yilning sentabrida Qozog‘istonga uyushtirgan rasmiy safari davomida Ostonada so‘zlagan nutqida gapirgan.

Loyihaning ilk forumi 2017-yil may oyida o‘tgan, unda 29 nafar yetakchilar ishtirok etishgan.

Yangiliklar lentasi
0