TOShKENT, 13-may – Sputnik. O‘zbekiston, Qozog‘iston, Qirg‘iziston va Tojikiston aviakompaniyalari direktorlarining birinchi davra suhbati Dushanbeda bo‘lib o‘tadi, deb xabar qilmoqda RIA Novosti "Somon Eyr" aviakompaniyasi matbuot xizmatiga asosan.
“Davra suhbati doirasida tomonlar, jumladan, yaqin kelajakdagi iqtisodiy istiqbollarni, rivojlanishga xalal berayotgan hududiy cheklovlarni, “aqlli boshqaruv” masalalarini hamda parvozlar xavfsizligini muhokama qilishadi, - deyilgan xabarda.
Uchrashuvda "Somon Eyr" (Tojikiston), "Eyr Astana" (Qozog‘iston), SCAT (Qozog‘iston), QAZAQ Air (Qozog‘iston), Uzbekistan Airways (O‘zbekiston) hamda "Avia Traffik" (Qirg‘iziston) aviakompaniyalari rahbarlari ishtirok etishadi. IATA vakillari kuzatuvchi hamda ekspertlar maqomida ishtirok etishadi.
Xabarda aytilishiga ko‘ra, ushbu tadbir "Somon Eyr" aviakompaniyasi tashabbusi bilan, Tojikiston hukumati hamda Xalqaro Havo transporti agentligi (IATA) ko‘magida tashkil qilingan.