Jamiyat

Toshkentda 30% soliqchilar attestatsiyadan oʻta olmadi

© David GoehringResheniye matematicheskoy zadachi
Resheniye matematicheskoy zadachi - Sputnik Oʻzbekiston
Toshkentda 30% soliqchilar attestatsiyadan oʻta olmadi, yana 26% shartli ravishda oʻtgan. Toshkentda ahvol shu boʻlsa, boshqa viloyatlarni qanday ekan?

TOSHKENT, 13 may – Sputnik. Davlat Soliq qoʻmitasi Toshkent shahar soliqchilarini attestatsiyadan oʻtkazmoqda, deb xabar qilmoqda qoʻmita matbuot xizmati.    

Attestatsiyaning birinchi haftasida poytaxtning toʻrt tumani: Mirobod, Mirzo-Ulugʻbek, Yunusobod va Yakkasaroy tumanlari soliqchilari imtihondan oʻtishdi.

Xabarda aytilishiga koʻra, soliqchilar faqat oʻzlarining xizmat vazifalari yuzasidan qoʻilgan savollarga javob berishgan. Shuningdek, barcha savollar oldindan ichki korporativ tarmoq orqali eʼlon qilingan boʻlgan.

Shunday boʻlsada, attestatsiya natijalariga koʻra, faqat 44 % xodimlar imtihondan muvaffaqiyatli oʻtishgan. 30 % - attestatsiyadan oʻta olmagan, qolgan 26 % esa – shartli ravishda attestatsiyadan oʻtgan.

Shu oʻrinda oʻz-oʻidan savol tugʻiladi, Toshkentda ahvol shu boʻlsa, boshqa viloyatlarni qanday ekan-a?

Qoʻmita aytishiga qaraganda, ushbu attestatsiyani oʻtkazishdan maqsad – xodimlar orasida kuchli va oʻqimishli mutaxassislarni aniqlab, ularni yuqoriroq lavozimlarga tayinlash boʻlgan.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala